Pyer Buger
Pyer Buger (Bouguer) (1698.16.2, LeKruzaik, Bretan—1758.15.8, Parij) – fransuz fizigi, Fransuz Fanlar akademiyasi (Parij) aʼzosi (1731). Fotometriya asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari optika, geodeziya va gidrografiyaga doir. Buger dunyoda birinchi boʻlib yorugʻlik miqdori tushunchasini fanga kiritgan, muhitda yorugʻlikning kuchsizlanish qonunini ochgan (1729) (qarang Buger – Lambert—Ber qonuni). Buger kemasozlik taraqqiyotida muhim boʻlgan navigatsiyaga doir risolalar muallifi.
Per Buger | |
---|---|
fransuzcha: Pier Buger | |
Portret muallifi Jan-Baptiste Perronneau | |
Tavalludi |
16-fevral 1698 |
Vafoti | 15-avgust 1758 |
Fuqaroligi | Kingdom of France |
Otasi | Jean Bouguer |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |