Pyotr Anoxin
Pyotr Kuzmich Anoxin (1898.14.1, hozirgi Volgograd — 1974.6.3, Moskva) — fiziolog, akademik (1966) va Meditsina fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1945). Ilmiy ishlari neyrofiziologiya — shartli reflekslar va ichki tormoz-lanish mexanizmi, nerv sistemasi onto-genezi va boshqa masalalarga oid. Organizmni bir butun holda oʻrganib, shu asosda funksional sistemalar nazariyasini 538(1935) kashf etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |