Pyotr Gumennik
Pyotr Olegovich Gumennik (2002-yil 11-aprel, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rostelecom Cup musobaqasining Gran-pri bosqichi sovrindori (2020), Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sohibi (2020), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018).
Pyotr Gumennik | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Pyotr Gumennik |
Davlat | Rossiya |
Yashash joyi | Sankt-Peterburg, Rossiya |
Boʻyi | 184 |
Murabbiyi | Veronika Daineko |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 263,14 |
Qisqa dastur | 91,84 |
Erkin dastur | 171,30 |
Faoliyati
tahrirPyotr 2015-yil avgust oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida debyut qildi. Rigada (Latviya) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida oltinchi, Torun shahrida (Polsha) oʻtkazilgan musobqada esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha paytda u murabbiylar Aleksey Mishin, Oleg Tataurov va Tatyana Mishina qoʻl ostida figurali uchish boʻyicha shugʻullangan.
Pyort 2019-yil fevral oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda toʻrtinchi va erkin dasturda oʻn birinchi boʻlib, yakuniy bosqichda oʻninchi oʻrinni egalladi[1].
Pyotr yangi mavsumda Chelyabinskda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining birinchi bosqichida birinchi oʻrinni egalladi[2]. Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi bosqichda, ikkinchi oʻrinni egalladi[3]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida u unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[4].
Pyotr Gumennik 2020—2021-yilgi mavsumda „kattalar“ darajasida musobaqalarda chiqish qila boshladi. Moskvadagi Rossiya kubogining birinchi bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritdi[5]. Noyabr oyida Rostelecom Cup Gran-pri bosqichida qatnashib, qisqa dasturda Moris Kvitelashvilidan[6] keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Erkin dasturda xatolarga yoʻl qoʻydi va turnir yakunida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Moskvadagi Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida u oltin medalni qoʻlga kiritdi[8].
Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida Pyotr Varshavada boʻlib oʻtgan „Chellenjer“ — Warsaw Cup musobaqaning turkumiga kiruvchi xalqaro turnirida ishtirok etib, 242,91 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[9].
Pyotr Rossiya chempionatida qisqa dasturda chiqish qilganidan soʻng yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[10].
Natijalari
tahrirMusobaqa[11] | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||||
Gran-pri bosqichi: Rostelecom Cup | 3 | ||||||||
Gran-pri bosqichi: Italiya | 8 | ||||||||
Challenger: Denis Ten xotirasi | 1 | ||||||||
Challenger: Warsaw Cup | 2 | 3 | |||||||
Skate Helena | 1 | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chempionati | 7 | 7 | 5 | ||||||
Rossiya kubogi finali | 2 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 5 | 6 | 9 | 8 | 2 | 2 | |||
Rossiya chempionati (yoshlar) | 1 | 1 | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 7 J. | 3 J. | 3 J. | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 2 J. | 3 | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 5 J. | 1 J. | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 1 | ||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 1 | ||||||||
Xalqaro (oʻsmirlar) | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 10 | 3 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 2 | 5 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Polsha | 4 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Rossiya | 4 | 1 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Sloveniya | 1 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Italiya | 2 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Latviya | 6 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Estoniya | 5 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Kanada | 1 | ||||||||
Yoshlar Olimpiya festivali | 1 | ||||||||
Icechallenge | 1 | ||||||||
Volvo Open Cup | 1 | ||||||||
Sportland Trophy | 1 |
J-oʻsmirlar darajasi
Manbalar
tahrir- ↑ „Чемпионат мира среди юниоров. Хиваташи победил, Савосин – 2-й, Даниелян – 4-й“. Sports.ru. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2020-yil.
- ↑ „⚡ Гран-при среди юниоров. Гуменник выиграл, Даниелян – 2-й, Яблоков – 3-й“. Sports.ru. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
- ↑ „⚡Гуменник стал вторым на юниорском этапе Гран-при в Италии, Яблоков – 4-й“. Sports.ru. 30-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
- ↑ „Сато выиграл Финал Гран-при среди юниоров, Мозалев – 2-й, Самсонов – 3-й“. Sports.ru. 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
- ↑ „Ковалев выиграл второй этап Кубка России, Самарин – 2-й Гуменник – 3-й“. Sports.ru.
- ↑ „Грузин Морис Квителашвили выиграл короткую программу на Гран-при России, Гуменник – 2-й, Коляда – 3-й, Алиев – 5-й“. Sports.ru. 7-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ольга ЕРМОЛИНА. „Михаил Коляда – победитель Гран-при в Москве, Морис Квителашвили – серебряный призер, Петр Гуменник – бронзовый“ (ruscha). www.fsrussia.ru. 29-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „⚡ Гуменник выиграл пятый этап Кубка России, Рухин – 2-й, Ерохов – 3-й“. Sports.ru. 26-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ольга ЕРМОЛИНА. „Петр Гуменник завоевал бронзу на "Кубке Варшавы"“ (ru-ru). www.fsrussia.ru. 23-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Кондратюк победил на чемпионате России по фигурному катанию-2022, Коляда – 2-й, Мозалев – 3-й, Семененко – 4-й“. Sports.ru. 23-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Competition Results: Petr GUMENNIK“ (inglizcha). ISU. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2020-yil.