Sitkovskiy Pyotr Porfirievich (1882-yil 12-avgust, Ryazan – 1933-yil, Ryazan, SSSR) – sovet xirurgi[1].

Pyotr Sitkovskiy
Tavalludi 12-avgust 1882-yil
Vafoti 1933-yil
Ryazan, SSSR

Biografiyasi

tahrir

Pyotr Sitovskiy 1882-yil 12-avgustda Ryazanda tavallud topgan. 1908-yilda Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. Keyinchalik Aleksey Vasilyevich Martinov boshchiligidagi shifoxona jarrohlik klinikasida rezident va assistent boʻlib ishlagan. Birinchi jahon urushida Qizil Xoch kasalxonasida katta shifokor boʻlgan. 1916-yilda „Posleoperatsionniye krovotecheniya pri jeltuxe“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Pyotr oʻz dissertatsiyasida qon ivish mexanizmiga oid yangi gʻoyalarni taklif qilgan. 1917-yilda Moskva universiteti xirurgiya klinikasida yordamchi boʻlib ishlay boshlagan. Oʻrta Osiyoda Toshkentda birinchi Turkiston universitetini tashkil etishda ham qatnashgan. Sitovskiy 1920-1932-yillarda Turkiston universiteti xirurgiya fakulteti professori va tibbiyot fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan[2]. Professor Pyotr 1928-yilda Toshkent Davlat stomatologiya institutida Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib jagʻ-yuz xirurgiyasi va jarrohlik stomatologiya kafedrasini tashkil qilgan[3]. 1932-yilda Ryazanga koʻchib oʻtdi. Qizil Xoch kasalxonasida kasalxona tashkil etildi.

Sitkovskiy 30 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan. Ular qorin boʻshligʻi va osteoplastik jarrohlik masalalariga tegishli edi. U oʻtkir appenditsitning muhim belgisini tasvirlab bergan (simptom keyinchalik jarroh nomi bilan Sitkovskiy simptomi deb nomlandi). 1911-yilda ketgutni yod bugʻi bilan sterilizatsiya qilish usulini ishlab chiqqan. Pyotr qon ivishini aniqlash uchun asbob ixtiro qilgan. Keyinchalik apparat Boris Andrianovich Yegorov tomonidan takomillashtirilgan (keyinchalik u Sitkovskiy-Yegorov apparati deb atalgan).

Sitkovskiy Moskvadagi Rossiya jarrohlari jamiyatining kotibi boʻlib ishlagan. Shuningdek, u „Yejegodnika russkoy meditsinskoy pechati“ni tuzishda ishtirok etgan. 1922-yilda Sitkovskiy tashabbusi bilan chaqirilgan Turkiston tabiblarining birinchi qurultoyiga boshchilik qilgan. Sitovskiy „Turkiston tibbiyot jurnali“ (Oʻrta Osiyoda birinchi) tibbiyot nashriga asos solgan.

Manbalar

tahrir
  1. „СИТКОВСКИЙ Петр Порфирьевич“. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  2. „По волнам жизни Том II“. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  3. „ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВАЯ ХИРУРГИЯ“. 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.