QWER (koreyscha:최애의 아이들) – 3Y Corporation va Tamago Production leybllari bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi Janubiy Koreyalik qizlardan tashkil topgan musiqiy guruh. Guruh 2023-yil 18-oktabrda „Harmony from Discord“ albomi bilan debyut qilgan.

QWER
QWER guruhi 2024-yilda
QWER guruhi 2024-yilda
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Faoliyat yillari 2023–hozirgacha
Janr
Leybl
  • 3Y Corporation
  • Tamago Production
Tarkib
  • Chodan
  • Magenta
  • Hina
  • Siyeon

Guruh nomi

tahrir

Guruhning inglizcha nomi QWERTY klaviaturasidan olingan boʻlib Q, W, E va R harflari „League of Legends“ kabi onlayn oʻyinlarda ishlatiladigan asosiy kalit soʻzlardan biridir[1][2][3].

Guruhning asl nomi „i-i-i-i-eu-deu“ („mening sevimli idealim“ deb tarjima qilinadi) „Oshi no Ko“ seriyasiga ishora hisoblanadi.

Karyerasi

tahrir

Shakillanishi

tahrir

Guruh „QWER Project“ YouTube loyihasi orqali faqatgina qizlardan iborat guruhni yaratish maqsadida tashkil etilgan[1]. Loyiha YouTuber va veb-kontent yaratuvchisi Kim-Gyeran tomonidan 3Y Corporation va Tamago Production kompaniyalari bilan hamkorlikda boshlangan. „QWER Project“ loyihasi toʻrt aʼzoning guruhga qoʻshilishi, mashgʻulotlari va kundalik hayotini kuzatib bordi[3].

Debyutdan oldin aʼzolarning har biri allaqachon onlayn martabaga ega boʻlgan. Chodan va Magenta Twitch tarmogʻida faol foydalanuvchilar edi. Hina TikTokda mashhur kontent yaratuvchi va kosplayer edi. Siyeon esa NMB48 guruhining sobiq aʼzosi boʻlgan[1][3][4].

2023-yildan hozirgacha: „Harmony from Discord“ bilan debyut

tahrir

QWER guruhi 2023-yil 18-oktabrda „Harmony from Discord“ albomi bilan debyut qildi[2]. Albomdagi qoʻshiqlar birinchi boʻlib Seuldagi Musinsa Garajidagi debyut namoyishi chogʻida ijro etilgan[4]. „Discord“ bosh treki Spotifyning „Viral 50 – Yaponiya“ turkumida 5-oʻrinni egalladi[5]. U YouTube Music platformasining „Koreaning haftalikdagi eng yaxshi qoʻshiqlari“ chartida 88-oʻrinda debyut qilgan va 21 hafta davomida chartda qolgan[6].

2024-yil 18-martda biroz tanaffusdan soʻng guruh oʻzining boʻlajak qaytishini eʼlon qildi. Eʼlon qilingan kuni QWER guruhi aʼzolari harbiy bazaga tashrif buyurdi va oʻzining boʻlajak mini-albomidan hali chiqmagan „Worry Addition“ singlini ijro etdi[7]. Ularning birinchi EP Manitosi 2024-yil 1-aprelda chiqdi[8].

Aʼzolari

tahrir
  • Chodan (Q; 쵸단) – baraban, vokal
  • Magenta (W; 마젠타) – bass
  • Hina (E; 히나) – gitara, klaviatura
  • Siyeon (R; 이시연) – gitara, vokal

Diskografiyasi

tahrir

Singllari

tahrir
Nom Yil Oʻrin Albom
KOR
[9]
„Discord“ 2023-yil 34 Harmony from Discord
„Worry Addiction“ (고민중독) 2024-yil TBA Manito

Boshqa chartlardagi taronalari

tahrir
Nom Yil Oʻrin Albom
KOR
[10]
„Harmony of Stars“ (별의 하모니) 2023-yil 57 Harmony from Discord

Filmografiyasi

tahrir

Veb shoulari

tahrir
Yil Nom Izoh Manba
Inglizcha Koreyscha
2023-yil QWER Project 최애의 아이들 QWER aʼzolarini tanishtiruvchi YouTube seriyasi [11]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Kim, Ju-yeon „New girl group QWER to debut with single 'Harmony from Discord“. Korea JoongAng Daily (2023-yil 10-oktyabr). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  2. 2,0 2,1 Park, Dong-sun „'김계란 걸밴드' QWER, '1집→1만집, 지구정복 걸밴드 첫 발!'[종합“] ['Kim Gye-ran's girl band' QWER, '1 to 10,000 albums, the first step of the Earth-conquering girl band!] (ko). The Electronic Times (2023-yil 18-oktyabr). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 Heo, Ji-young „유튜브서 데뷔해 초동 2.3만장…김계란의 걸그룹 'QWER' 아시나요 [허지영의 케해석“] [Do you know Kim Gye-ran's girl group 'QWER', which debuted on YouTube and sold 23 thousand copies?] (ko). Seoul Economic Daily (2023-yil 18-noyabr). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  4. 4,0 4,1 Kim, Chae-yeon „'제작사 변신' 김계란 "QWER의 강점? 최강 비주얼 걸밴드..그 안에 독기를 봤다" [종합“] ['Production company transformed' Kim Gye-ran "QWER's strength? The strongest visual girl band...I saw the strength in them" [Synthesis]] (ko). OSEN. The Chosun Ilbo (2023-yil 18-oktyabr). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  5. Park, Dong-jae „[브레이크뉴스 QWER, 日 페스티벌'Kstyle PARTY' 오프닝 무대 장식..'글로벌 최애 밴드' 입증“] [[BREAK NEWS] QWER to open Japanese festival 'Kstyle PARTY'...proving to be a 'global favorite band'] (ko). Break News (2024-yil 26-fevral). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  6. Jang, Tae-yoon „QWER, 4월 컴백 예고…"최애 소녀밴드, 돌아온다"“ [QWER announces April comeback..."Your favorite girl band is back"] (ko). Dispatch (2024-yil 12-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  7. Kim, Ji-hye „"내 마니또가 될래?" QWER, 서브컬처 유행타고 흥행 2연타 노린다“ ["Will You Be My Manito?" QWER rides subculture wave to aim for a win] (ko). Ilgan Sports (2024-yil 20-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  8. Park, Dong-jae „'글로벌 최애 밴드' QWER, 4월 1일 컴백 확정..미니 1집 'MANITO' 발매“ ['Global Favorite Band' QWER Confirms Comeback on April 1... Releasing 1st Mini Album 'MANITO'] (ko). Break News (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  9. Peak positions on the Circle Digital Chart:
  10. Peak positions on the Circle Download Chart:
  11. Kim. „'최애의 아이들' QWER, 궁극의 보컬 R은 누구?“ ['Favorite Idol' QWER, Who's the Ultimate Vocal R?] (ko). Open News (2023-yil 10-avgust). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.