Qadamboy Sultonov
Qadamboy Sharipovich Sultonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekistonning Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyadagi elchisi[1][2].
Qadamboy Sultonov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Latviyadagi elchisi | |
Mansab davri 2019-yildan – 2024-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Afzal Ortiqov |
Vorisi | Timur Rahmonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-dekabr 1976-yil Xorazm |
Biografiyasi
tahrir2002-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ish boshlagan.
2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi ishlar byurosining attashesi va uchinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.
2006—2010-yillarda Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida attashe, soʻngra 3-kotib lavozimlarida ishlagan.
2010-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi boʻlimi kotibi lavozimida ishlagan.
2010-2013 — Tashqi siyosatni oʻrganish tahlil markazi direktorining oʻrinbosari.
2013-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Amerika mamlaklatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2017-2019 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.
2019-yildan 2024-yilgacha — Oʻzbekistonning Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyadagi elchisi[3].