Qalamtarosh

tahrir

Qalamtarosh (arabcha+forscha qalamni tarashlovchi) — tigʻi sopi ichiga qayirib, yopib qoʻyiladigan pichoqcha; pakki[1]. Tig’i dastagiga tortiladigan pichoqning bir turi. Zamonaviy qalamtaroshlar ko’pincha tugmachasini bosish orqali, bir qo’l bilan ochiladi. Qatlanadigan bu pichoqlar ixcham bo’lganligi bois, ularni shahar sharoitida olib yurish mumkin[2].

Tarixi

tahrir

Keltlar pichog’i tarixi

tahrir

Eng qadimgi yigʻma pichoq hozirgi Avstriya hududida mil. avv. 500—600-yillarda mavjud boʻlgan Keltlar qishlogʻida arxeologik qazishmalar paytida topilgan. Bu qadimgi qalamtaroshlarning dastasi suyakdan qilingan. Tig’i esa bronzadan yasalgan. Tagida teshikchasi boʻlib, buklanganda bronza tilcha bilan ushlab qolingan. Bu eng qadimgi qatlama pichoqlar ko’rinishi va mexanizmi jihatdan hozirgi, zamonaviy qalamtaroshlarga o’xshab ketgan[3].

Qadimgi Rim qalamtaroshlari

tahrir

Avstriyadan minglab kilometr uzoqlikda, Rim imperiyasi tasarrufida bo’lgan Ispaniyadagi qadimiy qabristonlarda arxeologlar keyinchalik rim legionerlari ishlata boshlagan qatlama pichoqlarga juda oʻxshash shakldagi qalamtaroshlarni topishgan. Rim imperiyasi u davrlarda ispanlarni (oʻsha vaqtlarda iberiyaliklar deb atalgan) oʻz ixtiyoriga ko’ra armiyasiga yollanma askar sifatida qabul qilishgan. Boisi, legionerlar yengilmas harbiy qobiliyati bilan taniqli bo’lgan.

Qadimgi Rimda metallurgiyaning rivojlanishi natijasida boshqa jihozlar qatori qalamtaroshlar ham yoppasiga ishlab chiqarila boshlagan. Bunday qalamtaroshlarni asosan, gladiatorlar yoki legionerlar harbiy maqsadda o’zlari bilan olib yurishgan.

Sheffild qalamtaroshlari

tahrir

Oʻrta asrlarda Rim imperiyasi qulaganidan soʻng, odamlar qatlanadigan pichoqlardan foydalanishni davom ettirigan. Ular asosan qalamtaroshdan qurol sifatida emas, balki kundalik jihoz sifatida foydalanishgan. Ushbu qalamtaroshlarning ko’rinishi bir necha asrlar oshsa-da, deyarli o’zgarishsiz qolgan. Arxeologlar vikinglar tomonidan ishlatgan, ya’ni ochilganda pichoq tig’i prujena orqali tutib turiladigan qalamtaroshlarni alohida e’tirof etishadi.

Sheffild – oʻrta asrlarda Buyuk Britaniyaning deyarli markazida joylashgan shahar bo’lib, atrofidagi temir rudasining boy zahiralari tufayli oʻzining metallurgiya ishlab chiqarishi bilan mashhur boʻlgan. XVII asrning boshlarida aynan mazkur shaharda dastlabki qatlanadigan pichoqchalar ommaviy ravishda ko’p miqdorda ishlab chiqarila boshlangan. Sheffild bugungi kunda dunyoga mashhur boʻlgan bir nechta pichoq brendlarining makoni boʻlib qolmoqda[3].

O’zbek qalamtaroshlari

tahrir

O’zbekiston hududi ham juda qadim davrlardanoq pichoq va pichoqchilik san’ati bilan dunyoga tanilgan. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda yasalgan maxsus pichoqlar juda sifatli boʻlib, hukmdorlar, savdogarlar, aygʻoqchilar va harbiylar tomonidan juda qadrlangan[4].

O’rta Osiyoda mil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida pichoqchilik san’ati bilan shug’ullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda faqat pichoq ishlab chiqarilgan. Shu sababli butun dunyoga Chust pichog’i nomi mashhur bo’lgan[5].

Pichoqchilik san’ati rivojlanib borgani sari uning turlari ham ortib borgan. Tig’i qayrilib, dastasiga kiritiladigan yig’ma pichoqlar yurtimizda pikka yoxud martabali oqsoqollar uchun maxsus tayyorlangan chol-pichoq nomlari bilan atalgan[6].

Qalamtarosh turlari

tahrir

Qalamtarosh mexanizmiga ko’ra ikki turga ajraladi.

Yon tomondan ochiladigan, yoysimon qalamtarosh

tahrir

Bunda pichoqcha tig’i yon totmonlama dastasining ichiga kiritilgan bo’ladi. Qo’l orqali, maxsus churqurchadan tortib chiqariladi. Yoxud maxsus prujina orqali dastasiga biriktirilgan bo’lib, tilcha orqali ushlab turiladi va tugmachasi bosilganida tilcha ichiga kirib, pichoq yon tomonlama ochiladi.

Tikki, tepadan chiqadigan tigʻli qalamtarosh

tahrir

Eng keng tarqalgan qalamtarosh turi. Zamonaviy dunyoda eng ko’p qo’llaniladigan va ommabop qalamtarosh. Bunda pichoqcha tig’i maxsus mexanizmga biriktirilgan bo’lib, tikka holda, tezroq ochiladi. Mexanizmi murakkab bo’lgani bois bu tur qalamtaroshlar qimmatroq bo’ladi[7].

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati, Abduvohob Madvaliyev, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2006-2008
  2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BA%D0%BB%D0%B0%D0%B4%D0%BD%D0%BE%D0%B9_%D0%BD%D0%BE%D0%B6, Складной нож, 14.05.2011
  3. 3,0 3,1 https://starshop.kz/blog/istoriya-skladnogo-nozha, История складного ножа, Тимур, 05.12.2015
  4. https://oyina.uz/uz/teahause/606, Oʻzbek pichoqlari haqida 6 fakt, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, 01.04.2022
  5. https://sputniknews-uz.com/20180729/Chust-picholarining-siri-nimada--8996759.html, Chust pichoqlarining siri nimada? Ramiz Baxtiyorov, 29.07.2018
  6. https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/song-of-the-blade-shakhrikhan/ (Wayback Machine saytida 2022-05-18 sanasida arxivlangan), Песня клинка. Шахрихан, Asia Travel Discoveries
  7. https://kimknife.com/skladnoj-nozh-plyusy-i-minusy#:~:text, Складной нож.Плюсы и минусы, Виталия Ким