Qalandar dogʻli madrasasi
Qalandar dogʻli madrasasi (qoraqalpoqcha: Qa'lender dag'li medresesi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi tarixiy va arxeologik yodgorlik[1]. Madrasa XVIII—XIX asrlar oraligʻida bunyod etilgan boʻlib, bugungi kunda „Shoʻraxon“ ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan. Manbalarga koʻra unda taniqli Muso baxshi tahsil olgan[2].
Madrasa | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qoraqalpogʻiston |
Tuman | Toʻrtkoʻl tumani |
Manzil | „Shoʻraxon“ OFY |
Maktab yoʻnalishi | Sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Asosiy sana: XVIII—XIX asrlar
| |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Qalandar dogʻli madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[3]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[4]. Shuningdek, Qalandar dogʻli madrasasi boshqa 98 ta tarixiy manzillar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga ham kiritilgan[5].
Tarixi
tahrirQalandar dogʻli madrasasi 1864-yilda bunyod etilgan boʻlib (aksariyat manbalarga koʻra XVIII asrda bunyod etilgan), sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi davrida ushbu madrasada mavjud boʻlgan 100 dan ortiq kitoblar yoqib yuborilgan va madrasaning bir qismi vayron qilingan. Arxeologik yodgorlikda bugungi kunga qadar deyarli tadqiqot ishlari olib borilmagan. Madrasa Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻistondagi boʻlimida Til va adabiyot instituti olib borgan 1973—1974-yillardagi faoliyat natijasida birinchi marta dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgan va xaritaga tushirilgan. Yodgorlikning nomi „Qalandar dogʻli madrasasi“ (qoraqalpoq tilida: „Qa'lender dag'li medresesi“) — „Qalandar yolgʻonchi“ nomidan kelib chiqqan boʻlib, u sufiylar maktabi vakili boʻlgan qalandarlarning kichik jamoasiga mansub biror odamning qabri ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Oʻsha davrlarda darveshlar va qalandarlar (dunyo tashvishlaridan kechib, koʻchalarni kezib yuruvchi kishilar) xalq orasida mashhurlikka erishgan edi. Ammo, adabiyotlarda madrasa nega aynan bu nom bilan atalishi haqida ma’lumot mavjud emas[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.
- ↑ Карлыбаев 2002, s. 22.
- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „846-сон 04.10.2019. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“ (uz-Latn-UZ). lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı dıqqatqa ılayıqlı orınlar“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrirКарлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet.