Qalandarxona masjidiSamarqand viloyati (Kattaqoʻrgʻon hududi)dagi meʼmoriy yodgorlik (1909— 10). Nurilla Maxsum rahbarligida qurilgan. Masjid xonaqoh, ayvon, bosh tarzi oldidagi katta hovuz va minoradan iborat. Xonaqoh murabba tarhli, toʻrt ustunli; 9 boʻlakka boʻlinib markaziy qismiga hovuzak ishlangan shifti va ustunlari serhasham bezatilgan. Ayvon shiftidagi naqshlar hamda murakkab muqarnasli hovuzaklar jozibador; minora gʻishtlari mavj usulida terilib, bezagida koʻk va havo rang koshinlardan foydalanilgan.