Qolmoq
(Qalmoqdan yoʻnaltirildi)
Qolmoq — oʻzbek xalqi tarkibiga kiruvchi turk urugʻlaridan biri[1]. Samarqand, Buxoro viloyatlarida asosan yashaydilar. Ushbu urugʻ oʻzbek xalqidan tashqari qirgʻizlar[2], sibir tatarlari[3] va turkmanlar[4] tarkibiga ham kiradi.
Tarixi tahrir
Abdurazzoq Samarqandiyga ko'ra Oltin O'rda xoni Oʻzbekxon islom dinini qabul qilgach islomga o'tmagan O'rda xalqini avliyo Said ota Mavarounnahrga olib kelgan. Lekin ular bu yerda Said otadan ajralib ketishgan va shu yerda yashab qolishgan[5]. Sharofiddin Ali Yazdiyga ko'ra esa Oltin O'rdadan Amir Temur huzuriga elchi bo'lib kelganlarni qolmoqlar deb atashgan[6]. Ushbu urug' vakillari Amir Temur qo'shinida bo'lgan bo'lishi mumkin.
Manbalar tahrir
- ↑ Nasabnoma
- ↑ Историческая география России: новые подходы. — Институт Российской истории, 2004. — С. 110. — 208 с. — ISBN 9785805501341. Архивная копия от 11 июля 2020 на Wayback Machine
- ↑ Файзрахманов Г. Л. История сибирских татар: с древнейших времен до начала XX века. — ФЭН, 2002. — С. 236. — 486 с.
- ↑ Атаныязов С. Словарь туркменских этнонимов / Азымов П., Аннанепесов М. — Ылым, 1988. — С. 39. — 179 с.
- ↑ Abdurazzoq Samarqandiy
- ↑ Sharafiddin Ali Yazdiy