Qandil togʻlari (kurdcha: چیایێن قەندیلێ Çiyayên Qendîlê, arabcha: جبل قنديل) – Iroqning shimoli-gʻarbiy qismidagi (Iroq Kurdistoni hududida), taxminan 1500 km uzunlikdagi Zagros togʻlari togʻ tizmalari. Tizma Iroq-Turkiya va Iroq-Eron chegaralari boʻylab choʻzilgan[1]. Qandil togʻlari Zagros tizmasining bir qismidir.

Qandil togʻlari
Boshqa nomi قەندیل
Çiyakanî Qendîl
Joylashuvi Arbil, Iroq (IroqEron chegarasi yaqinida)
Koordinatalar 36°32′28″N 44°59′46″E / 36.54111°N 44.99611°E / 36.54111; 44.99611
Togʻ tizmasi Zagros
Balandligi 3,587 m (11,768 fut)

Togʻning katta qismi Iroq tomonida joylashgan boʻlib, Arbil viloyatidan oʻtgan. Togʻ hududi turli xil oʻsimlik va hayvon turlarini ham oʻz ichiga oladi.

Mintaqaga borish juda qiyin, bu esa Kurdiston ishchilar partiyasi aʼzolari uchun jozibador joyga aylangan. Togʻlar Turkiya va Iroqda eng faol boʻlgan noqonuniy qurolli tashkilotdir PKK tomonidan bosh shtab sifatida foydalaniladi. PKKni terror tashkiloti deb bilgan Turkiya terror tahdidini bartaraf etish uchun bir necha qadam tashladi. 2018-yil iyun oyidan Turkiya Qandilda harbiy operatsiya boshlagan[2][3]. Qisqa vaqt ichida turk qoʻshini Iroqning togʻli hududining bir necha oʻnlab kilometrlarni bosib oʻtgan[4][5]. PKK aʼzolari yashiringan joylarga turk havo kuchlari muntazam havo hujumlari uyushtirilmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. Geography: Realms, Regions, and Concepts. Wiley, 2020. ISBN 978-1119607410. 
  2. „Эрдоган объявил о начале военной операции на севере Ирака“ (ru). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  3. „Турция хочет очистить горы Кандиль в северном Ираке от РПК - РИА Новости, 15.06.2018“ (ru). ria.ru. 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  4. „Турецкие войска углубились в Ирак на 26 километров“ (ru). vesti.ru. 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  5. „Операция в Кандиле продвигается шаг за шагом“ (ru) (deadlink). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.

Havolalar

tahrir