Qarnob choʻl buyurtma qoʻriqxonasi

Qarnob choʻl buyurtma qoʻriqxonasi — janubda Samarqand viloyati chegarasi boʻylab, gʻarbda Navoiy viloyati chegarasi boʻylab, shimolga Buxoro viloyati chegarasi boʻylab joylashgan[1]. U sharqda „Nurobod“ davlat buyurtma qoʻriqxonasi, janubda „Muborak“ davlat buyurtma qoʻriqxonasi bilan chegaradosh.

Qarnob choʻl buyurtma qoʻriqxonasi
39°31′27.62548″N 65°9′48.80185″E / 39.5243404111°N 65.1635560694°E / 39.5243404111; 65.1635560694 G OKoordinatalari: 39°31′27.62548″N 65°9′48.80185″E / 39.5243404111°N 65.1635560694°E / 39.5243404111; 65.1635560694 G O
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Maydon28,500 ha (285 km2; 110 mi²)
Tashkil topgan sanasi1998-yil
Qarnob choʻl buyurtma qoʻriqxonasi (Oʻzbekiston)

Tashkil etilishi tahrir

Navoiy viloyat hokimligining 1998-yil 9-iyundagi f-90-sonli qarori bilan muddatsiz vaqtga tashkil etilgan. Qoʻriqxonaning umumiy maydoni — 28,500 ha (285 km2; 110 mi²) ni tashkil etadi. Tashkil etishdan maqsad — birinchi navbatda yo‘rg‘a tuvaloqni (Chlamydotis undulata) hamda uning yashash muhitini, shuningdek Qarnob choʻlining butun biologik majmuasini muhofaza qilishdan iborat. Buyurtma qoʻriqxona yoʻrgʻa tuvaloqning mavsumiy uchib oʻtish yoʻlida joylashgan. Yoʻrgʻa tuvaloq bu hududda asosan mavsumiy uchib oʻtish davrida uchraydi. Yozda nisbatan kamroq uchratish mumkin. Kuzgi uchib oʻtishda eng koʻp miqdordagi tuvaloqlar shu yerdan topilgan.

Tavsifi tahrir

Qarnob buyurtma qoʻriqxonasi Qarnob choʻli biotopiga xos boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosidan tashkil topgan dasht hududidan iborat. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tasarrufida. Buyurtma qoʻriqxona doimiy qoʻriqlash ximatiga ega emas. Hudud tezkor reydlar oʻtkazish usuli bilan qoʻriqlanadi.

Tabiati tahrir

Hayvonot dunyosi asosan qushlar va sudralib yuruvchilardan tarkib topgan. Hayvonlarning eng koʻp turlari bahor va kuzda, mavsumiy koʻchish paytida kuzatiladi. Oʻtroq turlarga: tolay tovushqoni (Lepus tolai), oddiy tulki (Vulpes vulpes), korsak (Vulpes corsac), kamenka (Turdidae), so‘fito‘rg‘ay (Alaudidae), kichik yirtqich qushlar (Falconidae), dasht agamasi, toshbaqa (Argionemys (Testudo) horsfieldii)lar kiradi. Buyurtma qoʻriqxonaning asosiy obyekti shubhasiz, qoʻriqxona hududida oz miqdorda in quruvchi yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) UzRDB RL hisoblanadi. Yoʻrgʻa tuvaloqlarning katta qismini asosan koʻchish davrida kuzatish mumkin.

Yana qarang tahrir

Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar

Manbalar tahrir

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.