Qarqarali togʻlari
Qarqarali togʻlari — Qozogʻiston past togʻlarining sharqiy qismidagi togʻ massivi. Qiziltos (balandligi 1327 m), Qarqarali (Oqsoran togʻi — Markaziy Qozogʻistonning eng baland joyi, 1565 m) va boshqalar dan iborat. Granit, porfirit, kvarsit va boshqalar lardan tarkib topgan. Yon bagʻirlarida chalov va chalovhar xil choʻl oʻsimliklari orasida qaragʻay oʻrmonlari mavjud. Polimetall rudalar konlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |