Qarshi tarixi (kitob)
Qarshi tarixi — Poyon Ravshanov tomonidan Qarshi shahri tarixi haqida yozilgan kitob[1]. „Qarshi tarixi“ 1995-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi huzuridagi ilmiy-badiiy kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Kitob „Qashqadaryo tarixi“ (Toshkent, „Fan“,1995-yil) asosida toʻldirilgan, mukammallashtirilgan holga keltirilgan[2].
Asl nomi | Qarshi tarixi |
---|---|
Muallif(lar) | Poyon Ravshanov |
Muharrir(lar) | Normurod Narzullayev |
Mamlakat | O'zbekiston |
Til | O'zbek |
Janr(lar)i | Tarixiy |
Nashr etilgan sanasi | 2006 |
Nashriyot | "Yangi asr avlodi nashriyoti" |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2006 |
ISBN | 5-633-01899-0 |
Kitob mundarija, 5 qism, xotima va foydalanilgan ababiyotlar va manbalar roʻyxatidan iborat. Kitobda asosan Qarshi sivilizatsiyasi haqidagi dalillar, manbalar, tarixiy qazilmalar, tarixiy yodgorliklari, haqida maʼlumotlar keltiriladi. Kitobning birinchi qismida Naxshab (Qarshi) shahrining qadimgi davrlardan milod boshlariga qadar boʻlgan tarixi, shuningdek, Naxshabda mavjud boʻlgan qadimgi qal’alar, tepaliklar, Ijtimoiy tabaqalar, Tirikchilik manbalari, hunarmandchilik, til va yozuv, dehqonchilik, dinlar, otashparastlik va sanʼat haqida maʼlumotlar mujassam ertgan. Kitobning ikkinchi qismida VII — IX asrlarda Arablar istilosi, Nasaf darvozalari, mahalla va mavzelari, shahar va qishloq hududlari va vohada yashab ijod qilgan allomalarga oid maʼlumotlar keltirilgan. Kitobning uchinchi qismida XIII asr va XIV asr birinchi yarmi moʻgʻullar istilosi va Qarshi XIV asr ikkinchi yarmi va XV asrlardagi oʻzgarishlarga oid maʼlumotlar haqida bayon etilgan. Kitobning toʻrtinchi qismida Shayboniylar hokimyatining boshlanishi, Qarshi qirgʻini, meʼmorchilik obidalari Qarshining Ashtarxoniylar davridagi oʻrni kabi mavzular yoritilgan. Kitobning beshinchi qismida Chor Rossiyasi bosqini, Qarshi qal’asi, xandagi, devori va darvozalari, Qal’a masjid va madrasalari va XX asr boshlarida Qarshidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar keltirilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Poyon Ravshanov kitoblari“.
- ↑ „Fidoyi olimning ma'naviy merosi“.
- ↑ Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647 bet. ISBN 5-633-01899-0.