Qashqadaryo (eski nomi Shayxoli qishlogʻi) — Qashqadaryo viloyatidagi shaharcha (1978-yildan). Transport yoʻli chorrahasi. Viloyat markazi (Qarshi shahri) dan 24 km shimolida. Aholisi 6 ming kishi (2003). Qashqadaryoda un, goʻsht, qurilish materiallari kombinatlari, qurilish tashkilotlari, asfalt-beton, keramika-drenaj quvurlari ishlab chiqarish korxonalari, pivo zavodlari, avtokorxona, neft bazasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, madaniyat uyi, tibbiy muassasalar bor[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 7-jild (Parchin — Soliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet.