Qotur (forscha: قطور , shuningdek, Qaţţur va Qoţţur sifatida romanlashtirilgan ; Ghatur, Kotur, Kutur va Qutur nomi bilan ham atash mumkin) [1] – Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon viloyati, Xoy tumanidagi Qatur tumanidagi shahar va uning markazi hisoblanadi. 1878-yildagi Berlin shartnomasidan soʻng Qatur Usmonlilar imperiyasidan olib Eronga topshiriladi [2].

Qatur

forscha: قطور
Shahar
38°28′17″N 44°24′31″E / 38.47139°N 44.40861°E / 38.47139; 44.40861
Mamlakat Eron
{{{mintaqa_turi}}} Gʻarbiy Ozarbayjon
Davlat Khoy
Viloyat Qatur
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Qatur xaritada
Qatur
Qatur

Shahar nomi turkiy tilda (Qotur) it va echkilarda juda koʻp uchraydigan kasallik nomidan kelib chiqqanligi haqida qarashlar bor va bu hududdagi iliq suv buloqlari kasallikni davolash, oldini olish, alomatlarini yengillashtirishga yordam bergan [1]. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bu hududda yashovchi odamlar dastlab kurd boʻlmagan, balki Turkiyaning boshqa qismlaridan koʻchib kelgan aholi boʻlgan.

2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloq boʻlganida, uning aholisi 652 xonadonda 3962 kishi edi [3] . 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda esa 1000 ta xonadonda 4663 kishi bor edi, bu vaqtga kelib qishloq shahar maqomiga koʻtarilgan edi [4] [5].2016-yildagi soʻnggi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1193 ta xonadonda 5147 kishi istiqomat qilishi koʻrsatiladi. [6] Bu shahar Eron-Turkiya chegarasiga tutashgan boʻlib, unda asosan Shakak qabilasining kurdlari yashaydi [7] [8].

Iqlimi

tahrir

Dengiz sathidan 1,961 m (6,433 fut) balandlikda joylashganligi sababli, Qatur sovuq va moʻtadil kontinental Oʻrta yer dengizi iqlimiga ega (Köppen : Dsb). Qishlari sovuq va nam, yozi esa issiq va uzoq vaqtgacha quruqroq davom etadi. Qoturda oʻrtacha yillik harorat 6,9 °C (44,4 °F). Bu yerda yiliga taxminan 414 mm (16,3 dyuym) yogʻingarchilik boʻlib turadi.

Manbalar

tahrir
  1. Qatur can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3080424" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  2. Bajalan, Djene Rhys (2019). "Kurdish Responses to Imperial Decline: The Kurdish Movement and the End of Ottoman Rule in the Balkans (1878 to 1913)". Kurdish Studies 7: 51–71. doi:10.33182/ks.v7i1.481. Archived from the original on 2021-05-17. https://web.archive.org/web/20210517195647/https://kurdishstudies.net/journal/ks/article/view/481/452. Qaraldi: 2023-09-18. Qatur]]
  3. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  4. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Iran Data Portal. The Statistical Center of Iran. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  5. Official News Bulletin (forscha)
  6. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  7. Ramazani, Rouhollah K.. The Northern Tier: Afghanistan, Iran and Turkey. Van Nostrand, 1966 — 35-bet. 
  8. „قطور“ (fa). 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.