Qazilma koʻmir
Qazilma koʻmir — qattiq holatdagi yonuvchi foydali qazilma; tuban va yuksak oʻsimliklarning oʻzgarish mahsuli boʻlib, choʻkindi togʻ jinslari orasida qatlam qoʻrinishida yotadi. Tarkibida organik mineral aralashmalar va namlik 50% gacha boʻladi. Qazilma koʻmir foydali qazilmalarning eng koʻp tarqalgan turlaridan biri, Yer sharining barcha materiklarida uchraydi, 3000 dan ortiq koʻmir konlari va havzalari maʼlum. Qazilma koʻmir Yer poʻstida qatlam, qatlamsimon va linza koʻrinishidagi yotqiziqlar holida boʻladi hamda yaxlit, qatqatli yoki donador teksturaga ega. Rangi jigarrangdan qoragacha. Qazilma koʻmir energetik xom ashyoning asosiy turlaridan biri; uning dunyo boʻyicha yoqilgʻienergetika balansidagi ulushi 30—35% ni tashkil etadi. Qazilma koʻmirdan sanoatning turli sohalarida: elektroenergiya, metallurgiya uchun koks ishlab chiqarishda, energetik maqsadlarda yoqish uchun, kimyoviy qayta ishlash yoʻli bilan turli xil (300 dan ortiq) mahsulot olishda foydalaniladi. Qazilma koʻmir dan germaniy, galiy ajratib olinadi. Asosiy komponenti — organik moddaning tarkibiga koʻra, Qazilma koʻmir 3 genetik guruhga boʻlinadi: gumolitlar (qoʻngʻir koʻmir, toshkoʻmir va antratsit), sapropelitlar va saprogumolitlar. Koʻproq uchraydiganlari gumolitlar boʻlib, quruqliqdagi yuksak oʻsimliklar qoldiqlaridan paydo boʻladi. Ular qoʻproq botqoqlik, qoʻltiq, laguna va chuchuk suvli havzalarda hosil boʻlib — avtoxton toʻplanish; quruqlikdan oʻsimliklar va ularning oʻzgarish mahsullarini yaqin joylashgan turgʻun suv havzalariga koʻchirilishi natijasida nisbatan kamroq toʻplanganlari — alloxton toʻplanish deyiladi. Toʻplanib qolgan oʻsimlik qoldiqlari biokimyoviy parchalanishi natijasida torfga aylanadi; bunda suvli muhitning kimyoviy tarkibi va suvliligi muhim taʼsir koʻrsatadi. Sapropelitlarning koʻp kulli turlari yonuvchi slanetslar deb ataladi. Qazilma koʻmirda mineralli qoʻshimchalar manbai boʻlib, koʻmir hosil qiluvchi oʻsimliklarning noorganik tarkibiy qismlari, torf hosil boʻlgan joyga suv va shamol yordamida keltirilgan terrigen materiallar; shuningdek, torfzorlarda sirkulyatsiya qiluvchi suv aralashmalaridan ajralib chiquvchi mineralli yangi hosilalar boʻlishi mumkin. Mineral aralashmalarning tarkibi — kvars, gilli minerallar (asosan, kaolinitlar), dala shpatlari, pirit, markazit, karbonatlar va 51, A1, Gʻe, Sa, M$, K, N8, T1, siyrak va tarqoq elementlar (11, Oye, Sa, V va boshqalar) dan iborat. Torfzorlar ustini qoplaydigan jinslar paydo boʻlishi bilan torf hosil boʻlish jarayoni tugaydi. Nisbatan yuqori boʻlmagan temperatura va bosimda paydo boʻlgan diagenetik (zichlashish, choʻkindilarning degidratsiyasi, gaz ajralib chiqishi) va tiklanish xarakteriga ega boʻlgan biokimyoviy jarayonlar torflarni qoʻngʻir qoʻmirga aylanishiga olib keladi. Yuqori temperatura va bosimning uzoq muddatli taʼsiri natijasida qoʻngʻir koʻmirlar toshkoʻmirga, ular esa, antratsitlarga aylanadi (qarang Qoʻngʻir koʻmir, Toshkoʻmir, Antratsit). Koʻmir hosil boʻlish jarayoni regional geologik jarayonlardan biri boʻlib, barcha kontinentlarning hududlarida kuzatiladi. Koʻmirli formatsiyalarning uzluksiz tarqalish maydoni bir necha km2dan yuz ming km2 gacha, qalinligi bir necha oʻn m dan bir necha km gacha, ulardagi qatlamlar soni bir necha yuzga yetadi. Yirik masshtabdagi koʻmirlanish jarayoni platformali oblastlarga toʻgʻri keladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |