Qazvin miniatyura maktabi
Qazvin miniatyura maktabi — Eron tasviriy sanʼatidagi maktablardan biri (16-asr 70—80-yillar). Shoh Ismoil II davrida Qazvin shahrida qutubxona tashkil etilgan, Mashhad va Tabrizdan kelgan naqqosh, xattot, musavvirlar ijodiy faoliyati zaminida shakllangan. Bu maktab vakillari diqqatni harakat tasvirlariga qaratganlar, rasmlar kam shaklliligi bilan ajralib turadi. Qazvin miniatyura maktabim.ning yirik vakillari Muhammadiy, Shayx Muhammad ("Yigit kitob va gul bilan", "Yigit toʻtiqush bilan") va boshqalarning asarlarida maishiy lavhalar jonli, rangdor ifodalangan. Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan Jomiyning "Tuhfat ulahror" asariga ishlangan miniatyuralar Shayx Muhammadga nisbat beriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |