Rossiya milliy kutubxonasi, M.Ye.Saltikov Shchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi — Rossiya Federatsiyasining eng qad. universal kutubxonasi; jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. Sankt-Peterburg shahrida 1795-yilda Imperator ommaviy kutubxonasi va kitob xazinasi sifatida asos solingan. 1814-yil 2(14) yanvarda omma uchun ochilgan. 1917-yildan Rossiya kutubxonasi, 1925-yildan ommaviy kutubxona, 1992-yildan hozirgi nomida. 1932-yilda M.Ye.Saltikov Shchedrin nomi berilgan. 1811-yildan mamlakat nashrining majburiy nusxasini oladi (shu tufayli 19-asr rus kitobi va davriy nashriningtoʻliqtoʻplamiga ega). 1914-yil fondida 2 mln.dan ziyod nashriy asarlar boʻlgan. 1998-yilda 32 mln.ga yaqin kitob birligiga yetgan. Nodir nashrlar fondida Volterning shaxsiy kutubxonasi (7 mingdan ziyod), Behzod ijodiga mansub miniatyuralar, qoʻlyozmalar (300 mingdan ziyod; jumladan, Oʻrta Osiyoda yaratilgan koʻplab qoʻlyozmalar) saqlanadi, ular orasida toshplita, daraxt poʻstlogʻi, papirus, pergament, ipak va bdagi yozma yodgorliklar mashhur.

Kutubxonaning fan sohalari va nashr turlari boʻyicha 28 ta qiroatxonasi, bibliografik maʼlumotnoma nuqtalari, markaziy maʼlumotnoma kutubxonasi bor. Kutubxonaning boy fondini yorituvchi kataloglar, yangi kitoblar haqida axborot byulletenlari nashr etiladi, bibliografiya va kutubxonashunoslik, kitob tarixi sohasida yirik ilmiy metodik va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Kutubxona klassitsizm va ampir uslubida qurilgan koʻhna binoga joylashgan (meʼmorlar: 1796—1801, Ye.T. Sokolov; 1828—32, K.I.Rossi; 18961901, Ye.S.Vorotilov va boshqalar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil