Qidirboy Soipov
Qidirboy Soipov (1939.10.9, Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumani — 1972.28.10, Nukus) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻistonda (1965) va Oʻzbekistonda (1969) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). Qoraqalpogʻiston teatrida rassom, bosh rassom (1958—72). Soipov yaratgan dekoratsiya eskizlarida spektakllarning davr ruhini berishga intildi, asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi: "Baxt" (1957), "Berdaq" (1958), "Oygul va Obod" (1959), "Qoraqalpoq qizi" (1967), "Mamanbiy" (1971) va boshqa Soipov shuningdek, portret ("Zauraning portreta", 1967) va manzaralar ("Amudaryoda oqshom", 1963) ham yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1970).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |