Qilich va qalam“ – Oʻrdubodiy Muhammad Saidning tarixiy romani. Roman yozuvchining eng soʻnggi yirik asari. Asar ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy yashagan davrning tasvirini yaratib bergani bilan ahamiyatli. Tarixiy hujjatlarga tayangan va badiiy tasavvur mahoratiga bogʻlangan romanda asosan ikki qahramonga kengroq oʻrin berilgan. Ulardan biri Nizomiy, ikkinchisi esa Faxriddindir. Asarda Nizomiyning aqliy yuksalishida muhim rol oʻynagan shaxslarning obrazlari koʻproq ochib berilgan[1].

„Qilich va qalam“
Muallif(lar) Oʻrdubodiy Muhammad Said
Muharrir(lar) Gulbahor Asurova
Karimulla Mammad-Zoda
Tarjimon(lar) Nazira Aliyeva
Muhsin Hamidov
Rustam Komilov
Mamlakat Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Til Ozarbayjon tili
Janr(lar)i Tarixiy-biografik
Nashr etilgan sanasi 1946 (I kitob)
1948 (II kitob)
2005 (III kitob)
2013 (IV va V kitoblar)
Nashriyot „Niso nashriyoti va matbaa uyi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2024-yil
Sahifalar soni 800
ISBN 9789910949111

Asar tarixi

tahrir

Oʻrdubodiy Muhammad Said mashhur ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodi haqida katta tadqiqot olib borgan va qimmatli asarlar yaratgan[2]. Oʻrdubadiy 1925-yildayoq „Maarif işçisi“ jurnalining 8-sonida eʼlon qilgan „Fars ədəbiyyatında Nizami“ nomli maqolasida Nizomiy yashagan muhit, shoir ijodi haqida soʻz yuritgan. Nizomiy tavalludining 800 yilligini nishonlashga jonbozlik koʻrsatib, bu boradagi izlanishlarini yanada kengaytirgan. 1939-yildan boshlab uning yubiley munosabati bilan turli gazeta va jurnallarda chop etilgan „Nizami“ almanaxlarida „Nizaminin dövrü və həyatı“ (maqolalar turkumi, 1939), „Böyük şairin yaşadığı mühit“ (1947), „Nizami dövründə ədəbiyyat“ (1947), „XII əsrdə Azərbaycan ədəbiyyatı və onun klassik Şərq ədəbiyyatına təsiri“ (1943) va boshqa shu kabi ilmiy maqolalari chop etilgan. Yubiley munosabati bilan „Nizomiy“ operasi (1939) va „Qilich va qalam“ romanini yozib tugatgan. 1941-yilda „Revolyusiya və kultura“ jurnalida romandan „Bahar“ nomli bir parcha bosilib chiqqan. Shundan soʻng qolgan qismlari chop etilgan. „Qilich va qalam“ romani ilk bor 1946-yilda (Ikitob) va 1948-yilda (II kitob) „Azərnəşr“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Oʻquvchilarning katta qiziqish va mehrini qozongan roman ilk bosmadan soʻng koʻp marta qayta nashr etilgan. Asar 1965-yil I. Pechenev tomonidan rus tiliga tarjima qilingan[3].

Mazmuni

tahrir

„Qilich va qalam“ Nizomiy davrida shaklangan tabaqalarning ahvoli, u yashagan mamlakatning tashqi aloqalari, u davr adabiyoti va sanʼati, ijodkorlari, davlat amaldorlari ahvoli, xalqning ozodlik kurashini oʻzida aks ettirgan. Oʻrdubodiyning bu asari avvalgi romanlaridan farqli ravishda uzoq oʻtmishdan soʻz yuritgani va asarda bunga koʻproq urgʻu berib oʻtgani bilan ajralib turadi. Nizomiy haqida bizgacha yetib kelgan maʼlumotlarning ozligi sababli muallif koʻproq toʻqima obrazlarga murojaat etgan.

Asarda Nizomiy Ganjaviy shaxsiyati asosiy markazga qoʻyilgan. Lekin muallif bu bilan cheklanmasdan Nizomiy davrining keng manzarasini yaratishga harakat qilgan. Muallif bu orqali „Qilich va qalam“ romanining Nizomiy haqidagi biografik asar qobigʻidan chiqarishga harakat qilgan.

Faxriddin nomi har yerda urush, kurash, isyon manzaralari bilan bogʻlangan boʻlsa-da, uning bosh maslahatchisi Nizomiydir.

Asarda Nizomiy bilan birga shoira Mehsati Ganjaviy obrazi ham muhim oʻrin egallagan. Ozarbayjon adabiyotida XII asr adabiy muhiti, ijodkorlarning badiiy obrazlari „Qilich va qalam“ romanida ilk bor aks ettirilgan. Xoqoniy Shirvoniy, Mujiriddin Beylaganiy, Abulula Ganjaviy va boshqa ijodkorlar orqali u davr adabiy sheʼriyati va sanʼat bilan bogʻliq qarashlarni yoritib bergan.

Ozarbayjon otabeylari – Muhammad Jahon Pahlavon, Qizil Arslon, Toʻgʻrul, Abubakr, Özbək obrazlari bosh qahramonning siyosiy-ijtimoiy toʻqnashuvlarini yoritishga yordam bergan boʻlsa, Saboxonim, Husamiddin va boshqalar voqelar rivojidagi ingichka chiziq uzilmasligini taʼminlaydi. Gatiba, Amir Inanj, Toʻxtamish va boshqa saroy aʼyonlari tasvirlari ham asarda maʼlum oʻringa ega. Zohir Balxiy va Kamoliddin Nizomiylarning falsafiy suhbat tarzida kechgan uchrashuvlarida salbiy qahramon sifatida tasvirlangan saroy adabiyoti vakillari asosiy tanqid nishoni sifatida namoyon boʻlgan.

Ganjaviy obrazi barcha voqealar va shaxslarni, murakkab voqealarnining syujet chizigʻi atrofida oʻzaro bogʻlab turadi. Roman soʻnggida Ozarbayjonni Xorarazmshoh Jaloliddin soʻnggi Eldegiziylar hukmdori Özbəkka tegishli Alanji qal’asiga hujum qilishi bilan bogʻliq jarayonlar yoritilgan[4].

Tarjimasi

tahrir

2024-yil fevral oyida Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan „Qilich va qalam“ tarixiy romani oʻzbek tilida nashr etilgan[5][6]. Oʻzbek tilida nashr etilgan kitobning soʻzboshisini Madaniyat markazining rahbari va loyiha muallifi Samir Abbosov yozib bergan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Qanun Nəşriyyatı."Qılınc və qələm"“. 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
  2. „Qılınc və qələm. 2021-ci il “Nizami Gəncəvi ili”dir“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  3. „Arxivlənmiş surət“. 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 Mammad Said Oʻrdubodiy. Qilich va qalam (oʻzbekcha) Gulbahor Asurova, Karimullo Mammad-Zoda: . Niso nashriyoti va matbaa uyi [1946], 2024 — 800-bet. 
  5. „O‘zbekistonda Mammad Said O‘rdubodiyning “Qilich va qalam” romani o‘zbek tilida chop etildi.“. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-fevral.
  6. Real TV. „"Qılınc və qələm" özbək dilində nəşr edilib“ (az). Youtube.com (2024-yil 4-fevral). 2024-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.