Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi
Qilichbek Qoʻrgʻoncha masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Qoʻrgʻoncha MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[2][3].
Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi | |
---|---|
Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Shahar | Qarshi |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | 1832—1833-yillar oraligʻi |
Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi |
Tarixi
tahrirQoʻrgʻoncha masjidi tarixda koʻproq, „Qoʻrgʻoncha xonaqohi“ nomi bilan mashxur. Qoʻrgʻoncha masjidi Qarshi ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi. Masjidda har yili ramazon oyida Qur’on xatm qilingan. 1924-yilgi xujjatlardan masjidning anchagina vaqf mulkiga ega ekani maʼlum boʻladi. Jumladan, Kasbi amlokidagi Mugʻilon qishlogʻida vaqf yerlari. Vaqf mulkidan Xonaqoh masjidi imomi 25, sufi 15 va mutavalli 15 pud gʻalla haq olgan. 1954-yilda bu yerga tarixchi Frenkel kelgan. U masjidni XX asr boshlarida qurilgan deb taʼkidlaydi. Masjid oʻsha paytlargacha mahalliy hokimiyat tomonidan qizil burchak sifatida foydalanilganini taʼkidlaydi. Frenkel kelganda uning bugʻdoy omboriga aylantirilganini koʻradi. Lekin masjid Frenkel aytganidek, XX asr boshlarida qurilgan emas. XIX asr boshlariga tegishli bir qancha vaqf xujjatlarida ham Qoʻrgʻoncha mavzesi koʻrsatilgan. Masjidni ichkaridaga ustunlarning birida uning qurilganiga ishora qilingan „Hijriy 1248-yil“ yozuvi yozilgan. Bundan kelib chiqadiki, Qoʻrgʻoncha masjidi 1832—1833-yillar oraligʻida qurib bitkazilgan degan tahminlar bor. 2021-yil dekabr oyi Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi ta‘mirlanib foydalanishga topshirildi[4][5].
Meʼmorchiligi
tahrirQoʻrgʻoncha masjidi minora, hovuz, xujralar va kichkina qabristondan iborat. Masjid pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, bino oʻrni atrofdan baland qilib koʻtarilgan. Sharqiy va shimoliy tomoni ayvonli boʻlgan. Gʻishtin bino ichida toʻrtta yogʻoch ustun bor. Ayvoni yettita yogʻoch ustun bilan koʻtarilgan. Eshik va ustunlari oʻyma naqsh bilan bezalgan. Masjid tomining shiftlari mayda yogʻochlar bilan goʻzal usulda yopilgan va turli buyoqlar bilan naqshlangan. Uning umumiy koʻrinishi juda yaxshi taassurot qoldiradi. Masjidning shimoli-sharqiy burchagi tomonda gʻishtin minora qad koʻtargan boʻlib, u Buxorodagi Chor Bakr va Gʻijduvondagi Mirzo Ulug'bek madrasasi minoralariga oʻxshash. Ular qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. Minoraning yonida gʻarbiy tarafida uncha katta boʻlmagan hovuz qurilgan. U katta uzun toshlardan sakkiz qator qilib zinapoya shaklida terilgan. Hovuz Buxoro hovuzlarini eslatadi. Hovuzning gʻarbida kichkina qabriston bor. Qabriston va minora atrofida xujralar boʻlgan. Ularning qoldiqlari koʻrinib turadi.
Manbalar
tahrirVikiomborda Qilichbek Qo‘rg‘oncha masjidi haqida turkum mavjud |
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Qilichbek Qo‘rg‘oncha Jome' masjidi fotolavha“. 2023-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
- ↑ „2021 yil O‘zbekistonda umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13ta markaziy masjid ochiladi“.
- ↑ „O‘zbekistonda ochiladigan 13 ta markaziy masjid“.