Qimorboz“ – Fyodor Dostoyevskiy tomonidan yozilgan roman. Ilk marotaba 1866-yilda nashr etilgan.

Qimorboz
Muallif(lar) F.M.Dostoyevskiy
Til ruscha
Janr(lar)i roman
Avvalgisi Jinoyat va jazo
Keyingisi Telba
Dostoevskiy yashagan kvartiraning balkonidagi barelyef. Yozuvda: „Qimorboz“ romani shu yerda yozilgan. Baden Baden

Yaratilish tarixi

tahrir

1863-yilda Fyodor Dostoyevskiy dam olish uchun Viesbadenga keladi. U yerda bir necha kunlar ichida qimor oʻynab, nafaqat oʻzining, balki doʻsti Polina Suslovaning ham barcha naqd pullarini sovurib yuboradi. Ushbu qarzlaridan qutulish maqsadida esa „Qimorboz“ nomli yangi romanini tezroq yozib tugatish uchun nashriyot bilan shartnoma tuzadi.

Dostoyevskiy Bad Homburgga uch marta tashrif buyuradi. U yerda kazinoda qimor oʻynab, ruletda bir necha bor katta miqdordagi pullarini yoʻqotadi va oxir-oqibat umidsizlikka tushadi. Romanni yozishda muallif Bad Homburgdan olgan taassurotlaridan foydalangan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, „Qimorboz“ romani Sankt-Peterburgdagi Stolyarniy duradgorlik xiyobonida yozilgan[1].

Ushbu roman ustida ishlayotgan Fyodor Dostoyevskiy doʻsti A. P. Milyukovning maslahati bilan asarni oʻz qoʻli bilan emas, balki stenograf xizmatidan foydalangan holda yozishga qaror qiladi. Avvaliga Dostoyevskiy bu fikrga darhol rozi boʻlmaydi, chunki bunday usul uning uchun gʻayrioddiy edi. Ammo ish jarayonida u oʻziga Anna Snitkina ismli stenograf yollaydi va tez orada Snitkina bilan yaqinlashib, unga uylanadi. Toʻydan soʻng, kelin-kuyov asal oyi uchun Yevropaga, xususan, Baden-Badenga sayohatga boradilar. Shundan soʻng, Dostoyevskiy xotiniga boshqa qimor oʻynamaslikka vaʼda beradi va haqiqatan ham hayotining soʻnggi 10 yilida biror marta ham qimor oʻynamaydi.

Romanning mavzusi qimor oʻyinlariga boʻlgan ehtirosdir. Romandagi Polina Aleksandrovna obrazi real hayotda Dostoyevskiy doʻsti Suslovaning prototipi hisoblanadi. Asardagi qimorbozning Polina bilan ogʻriqli munosabatlari ham Dostoevskiy va Suslova oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning aksidir.

Syujeti

tahrir

Hikoya qimor oʻyini haqida. Voqealar Germaniyaning Ruletenburg (shahar nomi oʻylab topilgan) nomli kurort shahrida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon Aleksey Ivanovich isteʼfodagi generalning oilasi bilan sayohatga chiqadi va uning bolalariga oʻqituvchi boʻlib xizmat qiladi. Oiladagi har bir kishi katta merosga ega boʻlish ilinjida buvisining oʻlimini kutayotgan boʻladi. Ayni paytda bosh qahramon Aleksey generalning oʻgay qizi boʻlmish Polinani sevib qoladi. Ammo qizning oʻzi fransuz yigiti de Griega oshiq boʻladi. Bu orada hamma oʻlimini intizorlik bilan kutayotgan kampir shaharga, ularning oldiga butunlay sogʻlom tarzda tashrif buyuradi, u ruletka oʻynashga juda qiziqadi va shu tufayli boyligining bir qismini qimorda yoʻqotadi. Aleksey Polinaga yordam berish maqsadida qimorda katta miqdorda pul yutib oladi, biroq magʻrur qiz Alekseydan bu pullarni qabul qilmaydi. Aleksey qimorbozga aylanadi va oradan ikki yil oʻtgach, aslida Polina ham uni sevganiga amin boʻladi.

Foyda va zararlar miqdori

tahrir

Romanda XIX asrda Yevropada muomalada boʻlgan turli xildagi pul birliklari nomlari keltirib oʻtilgan. Xususan, taler, fridrixsdor, florin, gulden, frank va rubl tilga olingan. Quyida romanda nomlari keltirilgan valyutalarning rubl shaklidagi nisbati keltirilgan:

  • taler – 0,9354 rubl;
  • fridrixsdor – 6,1450 rubl;
  • florin – 0,6154 rubl;
  • gulden – 0,6154 rubl;
  • frank – 0,3077 rubl.

Shunday qilib, qayta hisob-kitob qilinganda, Aleksey Ivanovichning Parijga joʻnab ketganidan keyingi yutugʻi taxminan 61 ming rublni (200 000 frank) tashkil etgani oydinlashadi. U bu pullarni sarf etib boʻlgandan keyin yiliga 220 rubl maosh evaziga kotiblik lavozimiga ishga kiradi.

Madaniy taʼsiri

tahrir
 
Sankt-Peterburg Katta drama teatri sahnasida „Qimorboz“ spektakli namoyishi, rejissor Roman Marxoliya

„Qimorboz“ romani asosida Sergey Prokofyev tomonidan opera yaratilgan va ushbu opera uchun Sergey Prokofyevning oʻzi roman asosida libretto yozgan. Opera premyerasi 1929-yilda Bryusselda, keyinchalik 1974-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan.

„Qimorboz“ romani koʻp bora ekranlashtirilgan, shuningdek, asar asosida teatrlashtirilgan bir qancha spektakllar ham mavjud:

  • 1919-yil, Germaniya, „Katyashiysya shar“ – rejissor Rudolf Birbax;
  • 1938-yil, Fransiya: „Igrok“ (fransuzcha: Le Joueur) – rejissor: Lui Daquin;
  • 1938-yil, Germaniya: „ Igrok“ (nemischa: Der Spieler  – rejissor: Gerxard Lamprext;
  • 1947-yil, Argentina: „ Igrok“ (ispancha: El Jugador) – rejissor Leon Klimovski;
  • 1948-yil, AQSh: „Velikiy greshnik“ (inglizcha: The great sinner) – rejissor: Robert Siodmak;
  • 1956-yil, Buyuk Britaniya „Igrok“ – rejissor Toni Richardson;
  • 1958-yil, Fransiya, Italiya: „Igrok“ (fransuzcha: Le Joueur) – rejissor: Klod Otun-Lara;
  • 1962-yil, Fransiya „Igrok“ (fransuzcha: Le Joueur) – rejissor Fransua Gere;
  • 1964-yil, Vengriya „Igrok“ – rejissor Sandor Sonyi;
  • 1965-yil, Italiya: „Igrok“ – rejissor Edmo Fenolo;
  • 1966-yil, SSSR: „ Igrok“ – rejissor Yuriy Bogatyrenko (Sergey Prokofyev musiqasiga film-opera);
  • 1968-yil, Buyuk Britaniya, „Igrok“ – rejissor Maykl Fergyuson;
  • 1971-yil, Ispaniya: „Igrok“ („Romantika“ seriyasining 5 qismi) – rejissor Antonio Chik;
  • 1972-yil, SSSR: „Igrok“ – rejissor Aleksey Batalov;
  • 1997-yil, Vengriya: „Igrok“ (inglizcha: The Gambler )— rejissor Makka Karoy;
  • 2007-yil, Germaniya: „Igroki“ – rejissor: Sebastyan Bienik;
  • 2008-yil, Germaniya: „Igrok“, rejissor Karina Fiebich, Sergey Prokofyev musiqasiga film-opera;
  • 2010-yil, Rossiya: „Igrok“, rejissor Yuriy Laptev, Sergey Prokofyev musiqasiga film-opera (Mariinskiy teatri);
  • 2015-yil, AQSh, Vengriya: „Igrok“, rejissor Sabolch Xaydu.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. A. G. Dostoevskaya „Vospominaniya“.

Havolalar

tahrir