Qirgʻiziston temir yoʻllari
Qirgʻiziston temir yoʻllari (qirgʻizcha: Кыргыз Темир жолу) – Qirgʻiziston temir yoʻllarini yurituvchi milliy korxona.
Tarmoq va harakatlanuvchi tarkibni kuzatish
tahrirQirgʻiziston temir yoʻli 320 km ga yaqin bir yoʻl liniyalaridan foydalanadi (umumiy yoʻl uzunligi 428 km). Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Qirgʻiziston temir yoʻllari Sovet temir yoʻllaridan 2,500 ta yuk vagonlari, 450 ta yoʻlovchi vagonlari va 50 lokomotivlarni oldi[1]. Biroq, 1998-yilgi moliyaviy inqiroz temir yoʻllarga sarflanadigan xarajatlarni keskin qisqartirdi[1].
Hozirgi temir yoʻl tarmogʻi sobiq Sovet Ittifoqidan qolgan merosga asoslangan va shuning uchun 1520 mm kenglikdagi oʻlchamga ega.
Trafik
tahrirYuk tashish 1990-yildagi 2,620 million t/kmga nisbatan 2001-yilda 330 million t/km boʻlgan. Bu 1990-yildagi darajasining atigi 13 foizini tashkil etadi va hali ham pasaymoqda. Yoʻlovchi tashish 1990-yildagiga nisbatan atigi 25 foizni tashkil qiladi. Yuk tashish xizmatlari foydali boʻlsa-da, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish pul yoʻqotmoqda, chunki tariflar Monopoliyaga qarshi qoʻmita tomonidan tartibga solinadi hamda sayohat uzoq masofalar va sekin temir yoʻllarga bogʻliq boʻlib qolgan. Shuningdek, 1990-yillarning oxirida Farg‘ona vodiysidagi murakkab postsovet chegaralari oʻtkazuvchanligi pasaygach, bir vaqtlar Bishkek va O‘shni bogʻlab turgan chiziq yaroqsiz boʻlib qoldi. Ichki esa yoʻnalish Toshkent (O‘zbekiston) va Xo‘jand (Tojikiston) orqali oʻtgan edi.
Elekrtlashtirish
tahrir2008-yilda poytaxt Bishkekni Qozogʻiston temir yoʻl tarmogʻi bilan bogʻlaydigan liniyani elektrlashtirish boʻyicha ishlar boshlanishi eʼlon qilindi, ammo 2021-yilda ham ish hali boshlanmagan edi[2].
Qoʻshni mamlakatlar bilan temir yoʻl aloqalari
tahrir- Qozogʻiston – mavjud
- Oʻzbekiston – mavjud
- Tojikiston – mavjud emas
- Xitoy – mavjud emas