Xoʻjand
Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi[2]. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan koʻproq (2013), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi[3].
Xoʻjand | |
---|---|
shahar | |
40°17′0″N 69°37′0″E / 40.28333°N 69.61667°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
Asos solingan | mil.av. VII—VI |
Ilk eslatilishi | mil.av. VII |
Avvalgi nomlari |
Aleksandriya Esxata, Xoʻjand, Leninabad |
Maydon | 02,852 km2 (1,101 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | tojikcha |
Aholisi (2013) |
↗ 167,4 ming[1]. |
Milliy tarkib | tojiklar, Oʻzbeklar, ruslar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3422 |
Pochta indeks(lar)i | 735700 |
Avtomobil kodi | 02TJ |
|
Aholisi
tahrirTojikistonning ikkinchi eng katta shahri boʻlib hisoblanadi (Dyushanbedan keyin). Shahar aglomeratsiyasi 573 400 tashkil qiladi. Aholisi 1989-yil 160,000 kishini tashkil qilgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 kishi boʻlib qoldi.
Yil | 1897 | 1926 | 1959 | 1973 | 1989 | 2002 | 2007 | 2011 | 2013 |
Aholi, ming kishi |
30 | 37 | 77 | 113 | 160 | 147 | 149 | 165 | 167 |
Tarixi
tahrirXoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Xoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Xoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda Arab xalifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.
Shahar faxrlari
tahrirOʻtmishda Hoʻjandda kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz[ havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Hoʻjandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Hoʻjandiy (12-asr), Kamol Hoʻjandiy (14-asr), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842—1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va boshqalar yetishib chiqqan.
Iqtisodi
tahrirXoʻjand — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va goʻsht, sut kombinatlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, „Panjshanbe“ bozori faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy soha
tahrir20 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, 5 oliy oʻquv yurti, Tojikiston Fanlar Akademiyasining, Respublika yozuvchilar uyushmasining boʻlimlari, 10 dan ziyod oʻrta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshxoʻja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻi, mexmonxonalar mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-asr), shahar qalʼasi (Oʻrda qoldiqlari, 7—8-asrlar) saqlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Atlas mira. — M.: PKO „Kartografiya“ Federalnogo agentstva geodezii i kartografii Ministerstva transporta Rossiyskoy Federatsii: Izdatelstvo Oniks, 2008.
- ↑ zaglavie Sovetabad[sayt ishlamaydi]
- ↑ Vostochniy kolorit Dushanbe :: S vami v reyse
Havolalar
tahrir- Xoʻjand shahrining rasmiy sayti (rus.)
- http://www.virtualtourist.com/travel/Asia/Tajikistan/Viloyati_Leninobod/Khujand-1431593/TravelGuide-Khujand.html (Wayback Machine saytida 2011-06-06 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |