Qirgizboy jome masjidi
40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E
Masjid | |
Qirgizboy jome masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon viloyati |
Shahar | Buloqboshi tumani |
Manzil | Buloqboshi shaharchasi Andijon MFY. |
Yoʻnalishi | suniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Masjid turi | Jome masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi, sharqona |
Binokorlik | 1904—1912 |
Asosiy sana: 1991-yil
| |
Soʻngi imom | - |
Maqomi | Ishlaydi |
Hajmi | 2000 kishi |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Qirgizboy jome masjidi – Andijon viloyati, Buloqboshi tumani Andijon mahallasida joylashgan masjid[1]. 1991-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi
tahrirMasjid binosi 1904-1912-yillarda mahalliy aholi tomonidan uddaburon, tadbirkor, ishbilarmon Qirgʻizaliboy boshchiligida hashar yoʻli bilan qurilgan [3]. Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida 1958-1959-yillarda masjid yoniga qoʻshimcha xonaqoh qurilgan. 1979-yilda darvozaxona hamda kutubxona binosi qurilib, ishga tushirilgan. 2004-yilda esa xonaqoh oldiga qoʻshimcha ayvon va boloxonalar qurilgan. Shundan soʻng yangi masjid binosi qurilishi uchun kerakli boʻlgan barcha hujjatlar, loyiha-smeta tayyorlandi. Nihoyat 2013-yil 7 iyun kuni masjidning tarixiy binosi saqlanib qolgan holda, yangi masjid binosining qurilishi boshlandi. Koʻpchilikning mehnati bilan qurilish ishlari 2014-yil mart oyida yakuniga yetdi.
„Qirgʻizboy“ masjidining dastlabki qurilgan honaqosi hozirgi kunda madaniy meroslar roʻyxatiga kiritilgan. Masjid hozirgi kunda bir vaqtning oʻzida 2000 nafar namozxonni oʻz ichiga sigʻdira oladi. Masjidda ikkita minora boʻlib, har birining balandligi 8 metrni tashkil qiladi.
Masjidga 1959-yildan 2004-yilga qadar Muhammad Yusuf Boyboʻta oʻgʻli imomlik qilgan[4]. U kishining farzandlari zamonamizning yetuk mujtahid olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qirgizboy jome masjidi Qaralgan sana=07.10.2024“ (masjid.uz).
- ↑ „Qirgizboy jome masjidi ro‘yxatdan sana Qaralgan sana=07.10.2024“ (uzorg.info).
- ↑ „Masjidlar ro‘yxati Qaralgan sana=05.10.2024“ (old.muslim.uz).
- ↑ „Муҳаммад Юсуф Бойбўта ўғли Qaralgan sana=07.10.2024“ (old.muslim.uz).