Buloqboshi — Andijon viloyatidagi tuman. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 km janubi-sharqda. Aholisi 18,9 ming kishi (2000). Shahar buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Janubiy Fargʻona kanali, bulok va artezian quduklaridan suv ichadi.

Buloqboshi
shahar
40°37′20″N 72°32′10″E / 40.62222°N 72.53611°E / 40.62222; 72.53611 G OKoordinatalari: 40°37′20″N 72°32′10″E / 40.62222°N 72.53611°E / 40.62222; 72.53611 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Buloqboshi tumani
Aholisi
21 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Buloqboshi xaritada
Buloqboshi
Buloqboshi

Buloqboshida 2 qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2 tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmogʻi idorasi, yoʻl qurilish boshqarmasi, 3 bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 bozor, 5 umumiy taʼlim maktabi, 6 yaslibogʻcha, kinoteatr, kasalxona, 2 poliklinika, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.

Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi.[1] Eng soʻlim dam oladiganjoylaridan Shirmonbuloq mavjud

Manbalar tahrir

  1. „Buloqboshi“ OʻzME. B-harfiBirinchi jild. Toshkent, 2000-yil