Qirq mulla masjidi (mozor) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani Paygʻambar qizidagi yodgorliklardan biri Qirq mulla masjid-mozori hisoblanadi. U paygʻambar qizi mozoridan 70-80 metr shimolda joylashgan. Gumbaz devor bilan birga gʻisht aralash shaklda oʻrilgan.

Qirq mulla-masjididan orqada 100-150 metr masofada Torebiy gumbazi joylashgan. Eshigi janub tomondan. Bu yodgorlik Qosh gumbaz shaklida qurilib, birining ichidan ikkinchisiga o‘tadigan eshik mavjud. Bularning har birida qabrlar joylashgan. Gumbazning qurilish manbalari, qurilish shakli XVIII asrlardagi Ustyurtdagi gumbazlarning (Bola avliyo, Dovut ota) usullarini eslatadi. Qo‘ng‘irot atrofidagi xalqlar alohida tepalikka birikishida boshchilik qilgan Torebiyning faoliyati ham XVII–XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.