Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi

Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi — qishloq xoʻjaligi uchun ahamiyatli boʻlgan iqlim, meteorologik, gidrologik va tuproq sharoitlari bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi obʼyektlari va jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni aloqadorlikda oʻrganuvchi fan. Agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya, qishloq xoʻjaligi fenologiyasi agrometeorologik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligim. fizika, geografiya, biologiya, tuproqshunoslik va boshqa qishloq xoʻjaligi fanlari bilan chambarchas bogʻliq. Qishloq xoʻjaligim.ning asosiy vazifalari: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi meteorologik va iklim sharoitlari shakllanish qonuniyatlarini geografik va vaqt jihatlaridan oʻrganish; meteorologik omillarning agrobiotsenozlar rivoji, holati va mahsuldorligiga, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishiga taʼsirini tadqiq qilish; iqlim resurslaridan toʻliq foydalanish maqsadlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularni parvarish qilishning agrotexnik tadbirlarini agrometeorologik asoslash; agrometeorologik prognoz usullari va tavsiyalar ishlab chiqish; ob-havo va iqlimning noqulay hodisalarini oʻrganish va ularga qarshi qurash choralarini ishlab chiqish va boshqa

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivojlanish sharoiti va hosildorligini belgilovchi tashqi muhitdagi asosiy va ikkinchi darajali omillarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash uchun Qishloq xoʻjaligim.da quyidagi tadqiqot usullari qoʻllanadi: muddatlarni oralatib ekish — ekin muayyan bir punktda har xil muddatlarda (5—10 kundan oralatib) ekiladi; geografik ekish — muayyan oʻsimlik navlari iqlim sharoitlari turlicha boʻlgan punktlarda ekiladi; eksperimental dala usuli — dala tajriba maydonlarida oʻsimlikni parvarish qilishning agrometeorologik sharoitlari oʻzgartiriladi; distansion (nokontakt) oʻlchash — vertolyot, samolyot va Yer yoʻldoshlarida oʻrnatilgan asboblar yordamida katta maydonlardagi ekinlar va tuproqning holati aniqlanadi; fitotron usuli — sunʼiy iqlimxonalarda oʻsimliklarning gidrometeorologik omillarning turli kompleksiga reaksiyasini oʻrganishga imkon beradi (qarang Fitotron); matematik (dinamik) statistik modellashtirish — matematik apparat yordamida meteorologik omillarning oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri oʻrganiladi.

Qishloq xoʻjaligim. amaliy fan sifatida 19-asrning 2-yarmida paydo boʻldi. Oʻrta Osiyoda dastlabki agrometeorologik tadqiqotlar 20-asr boshlaridan olib borildi. 1921-yilda Toshkentda Turkiston meteorologiya instituti (Turkmet; hozirgi Gidrometerologiya instituti) tashkil etildi. Gʻoʻza, gʻalla, beda, sabzavot, poliz va boshqa ekin maylonlari, bogʻ, tokzor, yaylovlarning mikroiklimi, radiatsion va issiqlik balansi oʻrga-nildi, ularning shakllanish qonupiyatlari B.A.Ayzenshtat, Ye.A.Lopuxin, I.V.Zuyev, V.V.Karnauxova, F.A.Moʻminov, B.Ye.Milkis, G.A.Ahmedov, E.A.Ibrohimova, A.I.Kostenko, A.G. Toropova, A.Sh.Jalilov va boshqa olimlarning asarlarida sritib berildi. 60-yillardan boshlab, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining yangi talablari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining holati va ularning hosildorligini hududlar miqyosida baholash va prognozlash metodikasi ishlab chiqildi, qisqa muddatda katta maydonlardagi ekinlarning holati va hosildorligini aviatsiya yordamida fotometrik usul bilan baholash amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining biologiyasi, ekologiyasi, biometriyasi asosida "ob-havo — hosildorlik" prognoz modellari tadqiq qilinmoqda (qarang Agrometeorologik xizmat koʻrsatish, Agrometeorologik kuzatishlar, Agroiqlimshunoslik).

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Xamzin K.S. Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi asoslari: [Qoʻllanma], T., 1986,Hamidulla Abdullayev.