Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash — qishloq xoʻjaligida insonning jismoniy (qoʻl) mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishidagi eng muhim masalalardan biri. Qishloq xoʻjaligining mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va boshqa bilan bir qatorda barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri — mehnatning energiya bilan qurollanishi [ishlab chiqarish jarayonida mehnatning barcha turdagi (elektr, mexanik va issikdik) energiya bilan taʼminlanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich] va texnika bilan kurollanishi darajasidir. Qishloq xoʻjaligim. darajasi mehnatni mexanizatsiyalash bosqichi bilan, yaʼni mexanizatsiyalashgan mehnat salmogʻining qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajati bilan baholanadi.

kombayn

20-asrning 20-yillariga qadar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, asosan, mayda ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlib, qishloq xoʻjaligida qoʻl mehnati va oddiy ish qurollari (ketmon, omoch, ot, xoʻkiz va boshqalar) ishlatilgan. 20-yillar oʻrtalaridan qishloq xoʻjaligi asbob-uskunalarini ijaraga beradigan davlat punktlari, 1924-yil "Traktor markazi" tashkil etildi, chet ellardan sotib olingan traktorlar va boshqa texnika vositalari dastlabki jamoa xoʻjaliklari (kolxozlar)ga yetkazib berildi. 1929-yil respublikada 400 dan ortiq traktor, 3611 avtomashina, 3897 plug, 1660 dona otga qoʻshib ishlatiladigan ekish seyalkasi, 1244 kultivator, 1262 ochar (okuchnik), 187 molotilka (yanchgich), 87 mingdan ortiq arava, 26 ming brichka (toʻrt gʻildirakli mujik arava) va boshqa ishlatildi. 1930-yilga kelib davlat tomonidan jamoa va davlat qishloq xoʻjaligi korxonalariga texnik xizmat koʻrsatadigan, oʻzining moddiy-texnika resurslari, mexanizator xodimlari, taʼmirlov va taʼminot bazasiga ega boʻlgan mashina-traktor st-yalari (MTS) tashkil etildi (qarang Mashinasozlik sanoati). 1940-yillar boshida respublikada 180 ta MTS ishladi. keyingi yillarda MTSlarning sifat tarkibi oʻzgardi, u yangi konstruksi-yadagi mashinalar bilan toʻlatildi. Xoʻjaliklar kuchli quvvatga ega traktorlar, yuqori unumli don kombaynlari, keng va koʻp qatorli mashinalar (mas, paxta terish mashinalari), shuningdek, bir yurishda bir qancha operatsiyalarni bajaradigan mashinalar bilan qurollantirildi. Yer qaziydigan, melioratsiya mashina va qurollari, zamonaviy yuk avtomobil va traktor pritseplari, maxsus avtotransportlar ishlab chiqarish, ularni qishloq xoʻjaligiga yetkazib berish yil sayin koʻpayib bordi. 1990-yillar boshiga kelib respublika qishloq xoʻjaligida 182 ming traktor, 30,5 ming yuk avtomobili va boshqa qishloq xoʻjaligi mashinalari ishladi. Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish kjsaldi. Chorvachilik va parrandachilikda sanoat tipidagi yirik va ixtisoslashtirilgan fermalar qurilib elektr bilan ishlaydigan mashinalar texnologiyasi joriy qilindi. Elektr energiyasidan sugʻorishda (nasos styalari), chorvachilikda, omborxonalar va sovuqxonalarda va boshqa tarmoqlarda tobora qoʻproq foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligida asosiy dala ishlari (yer haydash, ekish, kultivatsiya bilan birga oʻgʻitlash, don ekinlarini yigib olish va boshqalar) toʻliq, ekin qator oralariga ishlov berish, paxta terish kabi ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. 2001—2005-yillarda respublikaga chet ellardan qishloq xoʻjaligi texnikasi ("Keys" gʻalla oʻrish, paxta terish kombaynlari, traktorlar) keltirildi, qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatadigan 184 tuman mashina-traktor parklari (MTP) va dehqon-fermer va boshqa xoʻjaliklar uyushmalariga qarashli 1007 muqobil mashina-traktor parklari tashkil etildi.

Azimiddin Sirojiddinov.

Yana qarang

tahrir