Qisqichbaqali shoʻrva

hanafiy mazhabi boʻyicha suv jonzodlardan faqatgina baliq isteʼmol qilinadi

Qisqichbaqali shoʻrva, ayniqsa, Lent paytida, nemis va fransuz oshxonasida mashhur boʻlgan birinchi taomdir. Kremli shoʻrva. Klassik retsept boʻyicha, qisqichbaqa shoʻrvasi uchun oʻnlab jonli qisqichbaqalar talab qilinadi[1].

Shoʻrva uchun qisqichbaqa suv ostida yuviladi va 15 daqiqa davomida shoʻr suvda qaynatiladi soʻng ichaklari chiqariladi. Fransuz shoʻrvasida Écrevisses à la nage, qisqichbaqa sharob, sabzi, piyoz va ziravorlar — lavr barglari va timyanbilan ziravorlangan bulyonda dasturxonga tortiladi. Shoʻrvaga qoʻshilib non ham marxamat qilinadi. Nemis oshxonasida qisqichbaqa bulyoni tmin va ukrop bilan dasturxonga tortiladi[2]. Qadimgi retseptlarda qaynatilgan qisqichbaqa yogʻ bilan maydalanar edi. Hosil boʻlgan qisqichbaqa yogʻi skovorodkada qovurilgan, soʻng qisqichbaqa bulyoniga qoʻshilgan. Qaynatgandan soʻng, bulyondan olingan yogʻ olib tashlandi va keyinchalik foydalanish uchun saqlanib, bulyon un, tuxum sarigʻi va qaymoq bilan quyuqlashtirilardi. Ushbu qiqichbaqa shoʻrvasi boy qizil rangga ega edi[3]. Baʼzi retseptlarda qisqichbaqa shoʻrvasiga tuxum va qaymoq oʻrniga limon sharbati hamda muskat yongʻogʻi qoʻshilgan[4].

"Yosh uy bekalariga sovgʻa" da E.I.Moloxovets oʻttiz nafar qisqichbaqada tayyorlangan shoʻrvasini mashaqqatli retseptini taqdim etadi, unda qaynatilgan qisqichbaqa qisqichlariga guruch va qisqichbaqa goʻshti bilan toʻldirib, qisqichbaqa boʻyni bilan birga, un va qaymoq bilan quyuqlashtirilgan mol goʻshti bulonida dasturxonga tortilar edi[5].

Qadimda qisqichbaqa shoʻrvasi kasallar uchun tetiklantiruvchi taom deb hisoblangan. Sil bilan ogʻrigan bemorlarga har ikki soatda bir kosa qisqichbaqa bulyonini ichish tavsiya qilinar edi. Qisqichbaqa shoʻrvasi patogon va siydik haydovchi boʻlib, kuchli terlash va issiq chaqnashlarga olib kelishi mumkin[6].

Manbalar

tahrir
  1. Генрих Гейне „Путевые картины. Часть вторая. Идеи. Книга Ле Гран. Глава VI“, . Собрание сочинений в десяти томах, 85000 экз, М.: Государственное издательство художественной литературы, 1959 — 112—113-bet. 
  2. Birgit Vanderbeke, Schmecktʼs? Kochen ohne Tabu, Frankfurt/Main 2004, S. 104
  3. Rezept aus dem Rheinischen Kochbuch, 1900, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-12
  4. Artikel Krebs-Brühe der Oekonomischen Encyklopädie von Krünitz
  5. Молоховец Е. И. „Суп из раков“, . Подарок молодым хозяйкам. М.: Эксмо, 2012 — 50-bet. ISBN 978-5-699-59217-3. 
  6. Artikel Krebs in der Oekonomischen Encyklopädie von Krünitz