Analogiya (yun. analogia — muvofiqlik, aynanlik, oʻxshashlik) — 1) (falsafada) predmet va hodisalarda bi-ror xususiyatning oʻxshashligi. Mantikda A. yordamida ikki predmetning kanday-dir bir xususiyati oʻxshasa, boshqa xususiyatlari ham oʻxshashligi haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab koʻrish lozim; 2) (huquqda) biror tayin harakat qonunda bevosita koʻrsatilmagan holda shunga oʻxshash hodisani koʻzda tutadigan huquqiy normani mazkur harakatga tatbiq etish. Huquqning ayrim tarmoqlarida, jumladan fuqarolik huquqida biror xil daʼvo toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, sud shunga oʻxshash munosabatlarni koʻzda tutadigan boshqa qonunni qoʻllaydi. Jinoyat qonunida 1959-yilgacha qoʻllanib kelingan bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Jino-yat kodeksidan chiqarib tashlangan. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 4-moddasida koʻrsatilishicha, sodir etilgan qilmishning jinoiyli-gi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 9-moddasiga binoan, shaxs qonunda belgilangan tar-tibda aybi isbotlansagina javobgar boʻladi; 3) (tilshunoslikda) til unsurlarining (soʻz yasalishi, shakl yasalishi va boshqa holatlarda) muayyan munosabat taʼ-sirida aynanlik kasb etishi. Masalan, „koʻr“ obʼektli feʼlga „qara“ obʼektsiz feʼl sinonim boʻlib kelishi (uchishini koʻr — qara), „koʻr“ koʻmakchi feʼlga „boq“ feʼlning sinonim boʻlishi (qilib koʻr — boq); 4) (biologiyada) turli manbalardan kelib chiqqan, lekin bir xil vazifani bajaradigan, tashqi koʻrinishi ham ana shu vazifaga moslangan ozmi-koʻpmi bir-biriga oʻxshab ketadigan organlar va boʻlaklarning oʻxshashligi. Bajaradigan vazifalari bir xil, lekin kelib chiqishi turlicha boʻlgan organlar analogik organlar deb ataladi. Bularga qush va kapa-laklar qanoti, baliq va qisqichbaqalar jabrasi, zirk va doʻlanalar tikani mi-sol boʻla oladi. Analogik organlarning oʻxshashligi faqat tashqi tomondan. Ularning embrional rivojlanishida katta tafovut bor. Masalan, qush qanoti maxsus oyoq murtagidan paydo boʻladi, hasharot qanoti esa teridan oʻsib chiqadi. Zirkning tikani koʻrinishi oʻzgargan barg, doʻlananing tikani esa koʻrinishi oʻzgargan shoxchadir.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil