Qizil dumli lochin (lotincha: Buteo jamaicensis) Shimoliy Amerikada keng tarqalgan yirtqich qush boʻlib, Alyaskadan Panama va Gʻarbiy Hindistongacha boʻlgan hududlarda yashaydi. Bu tur, Shimoliy Amerikada yoki umuman Buteo jinsidagi eng keng tarqalgan vakil hisoblanadi.[1]

Qizil dumli lochin

Tavsif

tahrir

Qizil dumli lochin Qoʻshma Shtatlarda „chickenhawk“ nomi bilan mashhur boʻlib, tovuqlarni kamdan-kam hollarda ovlaydi, koʻproq kichik yirtqichlarni, masalan, kemiruvchilar va qushlarni ovlaydi.[2] Ushbu qush zich oʻrmonlar, qumli choʻllar va boshqa turli yashash joylariga moslashishi mumkin. [3]Odatda ochiq oʻrmonlar, oʻrmon chekkalari va oʻtloqlarni afzal koʻradi, ammo u shahar hududlarida va qishloq xoʻjaligi dalalarida ham uchraydi.[4]

Tashqi koʻrinish

tahrir

Qizil dumli lochinning tashqi koʻrinishi va rangi turlari orasida farq qiladi. Unga 14 ta tan olingan kenja turi kiradi. [5] Baʼzi turlar Shimoliy Amerikaning gʻarbiy qismlarida qizil, oq yoki qora ranglar bilan koʻzga tashlanib turadi. Kenja turlari orasida eng mashhurlari Harlanʼs hawk hisoblanadi.

Taksonomiya

tahrir

Qizil dumli lochin 1788-yilda nemis tabiatshunosi Iogann Fridrix Gmelin tomonidan Falco jamaicensis nomi ostida tavsiflangan. Gmelin oʻz tavsifini Jon Lathamning „Qushlarning umumiy xulosasi“ asarida tasvirlangan „qaymoq rangli buzzard“ ga asoslagan. [6]1799-yilda fransuz tabiatshunosi Bernard Germain de Lacépède tomonidan Buteo jinsiga kiritilgan. Qizil dumli lochin Buteoninae oilasining aʼzosi boʻlib, hozirda tan olingan 55 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Afrikadan yoki Janubiy Osiyodan tarqalgan akcipitridlarning koʻplab avlodlaridan farqli oʻlaroq, Buteoninae [7]Amerikada paydo boʻlgan deb hisoblanadi, va uning avlodlarining 75% dan ortigʻi Amerika qitʼasida yashaydi.

Himoya va qonuniy maqom

tahrir

Qizil dumli lochin Kanada, Meksika va Qoʻshma Shtatlarda Migratsion qushlar shartnomasi toʻgʻrisidagi qonun bilan himoyalangan.[10] Ushbu qonun mamlakatlararo migratsiya qiladigan qushlarning saqlanishini taʼminlashga qaratilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Palmer, R. S., ed. (1988). Handbook of North American birds. Volume 5 Diurnal Raptors (part 2).
  2. Maxwell, Terry C.. Wildlife of the Concho Valley. Texas A&M University Press, 2013 — 148-bet. ISBN 978-1-62349-006-5. 
  3. ; Christie, D.Raptors of the World. London: Christopher Helm, 2001. ISBN 978-0-7136-8026-3. 
  4. "Red-tailed Hawk". Encyclopedia of Life. http://eol.org/pages/1049057/details. <!--->
  5. Palmer, R. S., ed. (1988). Handbook of North American birds. Volume 5 Diurnal Raptors (part 2).
  6. Schmutz, J.K.; Schmutz, S.M.; Boag, D.A. (1 June 1980). "Coexistence of three species of hawks (Buteo spp.) in the prairie–parkland ecotone". Canadian Journal of Zoology (Canadian Science Publishing) 58 (6): 1075–1089. doi:10.1139/z80-151. ISSN 0008-4301. PMID 7427802. https://archive.org/details/sim_canadian-journal-of-zoology_1980-06_58_6/page/1075. 
  7. Beebe, F. L. (1976). North American Falconry and Hunting Hawks. Hancock House Books (British Columbia).

Havolalar

tahrir