Qizil dumli olmaxon
Qizil dumli olmaxon (lotincha: Sciurus granatensis, " Yangi Granadalik olmaxon") - olmaxonlar oilasiga mansub kemiruvchilar turi.
Tashqi koʻrinishi
tahrirOdatda qizil dumli olmaxonlarning erkalari va eyolari oʻlchami boʻyocha farq qilmaydi, ba'zan yashash hududiga qarab ayollari biroz yirikroq boʻlishi mumkin. Tana uzunligi 33-52 sm, dumining uzunligi 14-28 sm boʻladi. Ogʻirligi 230-520 g.gacha oʻzgarib turadi. Qizil dumli olmaxonnig bosh suyagi biroz egilgan boʻlib tumshugʻi choʻzilgan boʻladi. Qizil dumli olmaxonlar turli xil rangda boʻlishi mumkin, nafaqat yashash joyi qarab, balki bir turning vakilarida ham: orqa tarafdagi va dum asosidagi moʻynasi toʻq-olovrang, kullarng, och-sariq yoki toʻq-bugʻur, ba'zan umutqa boʻylab qora chiziqga ega boʻlishi mumkin; qorni va koʻkragi oq yoki yorqin-olovrang boʻlishi mumkin. Dumi nimiga hos boʻlib qizil (yorqin-olovrang) rangda, dumining uchida qora belgisi boʻladi.
Yashash hududi
tahrirQizil dumliolmaxon Markaziy va Janubiy Amerikada uchraydi. Ular Margarita, Tobago, Trinidad va Barro Kolorado orollarida ham yashaydilar. Ular dengiz sathidan 3000 m balandlikdagi joylashgan tropik va mavsumiy oʻrmonlarda yoki aholi punklari yaqinida va ekin maydonlarida istiqomad qilishadi. Ular suv yaqinida yashashni afzal koʻrishadi.
Hayot tarzi
tahrirQizil dumli olmahonlar yolgʻiz yashshni afzal koʻrishadi. Asosan daraxtlarda yashashadi. faqat nasilchilik va nasl etishtirish guruhlarga yigʻiladi. Erkak tomonidan nazorat qilinadigan hudud 1,5 gektar, urg'ochi - 1 gektardan kamroq. Juftlashgandan so'ng, erkak darhol ayolga qiziqishni yoʻqotadi va yangi sherik izlaydi. Homiladorlik davri 2 oy davom etadi. Bolalari - har biri taxminan 10 gramm ogʻirlikdagi 1 dan 3 gacha moʻynasiz va koʻr dunyoga kelishadi. 1 yoshda voyaga yetishadi.
Yovvoyi tabiatda umr koʻrish davomiyligi 7 yildan oshmaydi. Asirlikda qizil dumli olmaxonlar 12 yilgacha yashashi mumkin.
Qizil dumli olmaahonlarning koʻplab tabiiy dushmanlari bor, ular asosan kaputsinlar va boʻgʻma ilonlar. Shuningdek, qizil dumli olmaxonlarning moʻynasi uchun ov qiluvchi odamlar ham ushbu turdagi jonzotlarning kamiyib borishiga ayibdor deb sanaladi.
Kichik turlari
tahrir- S.g. granatensis
- S.g. agrokollar
- S.g. bondae
- S.g. kandalensis
- S.g. karchensis
- S.g. chapmani
- S.g. chiriquensis
- S.g. xrizurolar
- S.g. ferminalar
- S.g. gerrardi
- S.g. griseimebra
- S.g. griseogena
- S.g. hoffmanni
- S.g. imbaburae
- S.g. llanensis
- S.g. manavi
- S.g. marakabensis
- S.g. meridensis
- S.g. morulus
- S.g. nesaeus
- S.g. norosiensis
- S.g. perijae
- S.g. quindianus
- S.g. saltuensis
- S.g. soederstroemi
- S.g. ajoyib
- S.g. sumako
- S.g. tarrae
- S.g. valdiviae
- S.g. o'zgaruvchanlik
- S.g. rang-barang
- S.g. zuliae
Adabiyotlar
tahrir- Полная иллюстрированная энциклопедия "Млекопитающие" книга 2 = The New Encyclopedia of Mammals / под ред. Д. Макдональда. - М: Омега, 2007. - С 441 ISBN 978-5-465-01346-8