Qizil shlyapali qiz – bu golland rassomi Yoxannes Vermeer tomonidan chizilgan kichik hajmli rasm. Bu Vermeerning bir qator hayoliy tarzda yaratilgan modellarning portretlaridan biri hisoblanadi[1]. Ushbu kartinaning Vermeerga tegishliligi yoki tegishli emasligi olimlarning bahsiga sabab boʻldi, yaʼni kartina tuvalda emas, balki yogʻoch panelda chizilganligi ushbu masalani keltirib chiqardi[2]. Biroq, Milliy sanʼat galereyasi xodimlari tomonidan olib borilgan yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotda Vermeer kartinaning muallifligi aniqlandi, bu xulosa gollandiyalik mutaxassislar tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi[3][4].

Portret mavzusi

tahrir

Portretda koʻk rangda kiyingan, toʻrga oʻxshash yoqa va qizil shlyapa kiygan juda yosh ayol tasvirlangan. Sochlari koʻtarilgan, sirgʻalarini taqib olgan. Kartinadagi ayol goʻyoki uning diqqatini oʻziga tortgan tovush, ovoz kelgan tomonga boshini burgandek tomoshabinga nazar tashlaydi. Uning ogʻzi biroz ochiq holda va yuzi biroz pushti, oʻng tomonidan yorugʻlik tushib turibdi, bu Yoxannes Vermeerning asarlarida gʻayrioddiy holatlardan biri hisoblanadi[3].

„The Art Newspaper“ gazetasiga koʻra, rasm, shubhasiz, Vermeer tegishli edi, degan xulosaga kelindi, ehtimol u 22 yillik faoliyati davomida 40 yoki 50 dan ortiq asarlar yaratgan, ulardan faqat 35 tasigina maʼlum[3][4].

Taxminlarga koʻra, rasm 1669-yillarda Vermeerning homiysi Pieter Claesz van Ruijvenga tegishli boʻlgan[5]. Keyinchalik, meros orqali uning rafiqasi Mariya de Knuijtga oʻtgan boʻlishi mumkin. Mariya de Knuijt 1681-yilda vafot etgach kartina qizi Magdalena van Ruijven va uning eri Yoqub Abraham Dissiusga meros boʻlib qoladi. Shuningdek, kartina 1696-yil 16-mayda Amsterdamdagi kim oshdi savdosida sotilgan degan taxminlar mavjud.

Ushbu kartina 1822-yil 10-dekabrda Parijdagi Hôtel de Bouillon mehmonxonasida sotuvda (№ 28) baron Lui Mari Baptiste Attalin tomonidan 200 fransuz frankiga sotib olingan. Uning oʻlimidan keyin jiyani va asrandi oʻgʻli Loran Attalinga, keyinchalik meros orqali baron Gaston Loran-Atelin va uning rafiqasi baronessa Loran-Atelinga meros qoladi. Kartina 1925-yil noyabr oyida Nyu-York va Londonda M. Knoedler & Co. tomonidan Endryu V. Mellonga 290 000 dollarga sotilgan[6].

Rasm materiallari

tahrir

H. Kuhn [7] tomonidan eski pigment tahlili yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot bilan toʻldirildi[8]. Qizil shlyapa ikki qatlamga boʻyalgan: pastki qatlam qora pigment bilan aralashtirilgan vermiliondan iborat, yuqori qatlam esa alizarin siridir. Vermeer yashil joylar uchun azurit va sariq ocher aralashmasidan, devordagi jigarranglar uchun esa umberdan (umbra) foydalangan[9].

Manbalar

tahrir
  1. W. Liedtke (2007) Dutch paintings in the Metropolitan Museum of Art, p. 890.
  2. „Girl with the Red Hat“. www.nga.gov.
  3. 3,0 3,1 3,2 Canelas. „Terá sido mesmo Vermeer a pintar esta jovem mulher que começou por ser um homem“ (pt). PÚBLICO. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  4. 4,0 4,1 „Tests reveal secrets of four Vermeer paintings—including their authenticity—in Washington, DC show“. The Art Newspaper - International art news and events (2022-yil 15-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  5. „Experimentation and Innovation in Vermeer's Girl with the Red Hat: New Findings from the National Gallery of Art“ (en-US). Journal of Historians of Netherlandish Art. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
  6. „Girl With the Red Hat/Provenance“. The National Gallery of Art, Washington, D.C. web site. 2011-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-oktyabr.
  7. Kuhn, H., A Study of the Pigments and the Grounds used by Jan Vermeer, Reports and Studies in the History of Art, National Gallery of Art (Washington, 1968).
  8. Costaras, N., A Study of the Materials and Techniques of Johannes Vermeer, in Gaskell, I. and Jonker, M. ed., Vermeer Studies, in Studies in the History of Art, 55, National Gallery of Art, Washington 1998, pp. 148 – 167.
  9. Johannes Vermeer, The Girl in the Red Hat, ColourLex