Qizilqiyoq (sichqonchoʻp) - boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasining boʻyi 25—60 sm. Barglari yapaloq. Toʻpguli kumushsimon oq silindrik tigʻiz roʻvakka yigʻilgan. Mevasi don. Mart-apr. boshlarida oʻsa boshlaydi, bahordan kuzgacha gullab, mevalaydi. Urugʻlari oson sochiladi va shamol bilan tarqaladi. Ildizpoyala-ri tuproqqa 30—40 sm gacha kiradi. Uzun novdalari qishlaydi. Bedapoya-larda, gʻoʻza, gʻalla va boshqa sugʻoriladigan ekinlar orasida uchraydi. Shuningdek, ariq yoqalari va juda ser-nam joylarda ham oʻsadi. Kurash choralari: yerni 15—30 sm chuqurlikda haydaladi; ildizpoya-lar yoʻqotiladi; dalapon sepiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Qizilqiyoq" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil