Qizilqum alxari[1][2], yoki Seversov qoʻyi[3][4] (lotincha: Ovis severtzovi) — — kuvushshoxlilar oilasiga mansub sutemizuvchi jufttuyoqlilar turiga kiruvchi qoʻylar turkumidan, ilgari arxarlarning (Ovis ammon) kenja turi hisoblangan.  U mazkur lotincha atamasini zoolog va sayohatchi Nikolay Alekseyevich Seversov sharafiga berilgan. Oʻzbekiston uchun endemik boʻlib, yoʻqolib ketish xavfi arafasida – hozirgi vaqtda tabiatda kenja turlar soni 200 dan oshmaydi. Yovvoyi populyasiyasi Oʻzbekiston Nurota davlat qoʻriqxonasi[5] hududida (Nurotau tizmasining markaziy qismi) sun’iy yoʻl bilan boqiladi, bu yerda alxarlarning soni 2000 taga yetdi. Biroq, qoʻriqxonada hudud cheklangani tufayli kelgusi koʻpayishi mutlaqo mumkin emas.

Qizilqum alxari
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Bovidae
Urugʻ: Arhar
Turlari: Qizilqum alxari
Xalqaro ilmiy nomi
Ovis severtzovi Nasonov, 1914

Ilgari (1980-yillarda) u Qozogʻistonning Qizil kitobiga kiritilgan va Qoratov togʻlari hududida topilgan, ammo bu tur yagona boʻlsa ham ayni kunda Qozogʻiston hududida u qirilib ketgan,  Oʻzbekistondan migrasiya qilingan yakka holdagi alharlar vaqti-vaqti bilan qayd etib turiladi.

Ov qilish taqiqlangan, ammo 2012-yildan boshlab Oʻzbekiston chet ellik ovchilarga kubok ovlash uchun alohida ruxsatnomalar berdi, bu esa mahalliy aholi tomonidan brakonerlik bilan bogʻliq vaziyatni yanada kuchaytirmoqda.

Tarqalishi

tahrir

Oʻtmishda – markaziy va gʻarbiy Qizilqumning qoldiq togʻlarida, Nurota, Qoratogʻ, Molguzar, Turkiston, Zarafshon tizmalarida. Hozirda – Nurota, Oqtogʻ tizmalarida, Tomditogʻ qoldiq togʻlarida, Turkiston tizmasida, ehtimol, Molguzar tizmasida saqlanib qolgan. Oʻzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirgʻiziston. Oʻtmishda Qozogʻiston gʻarbi. Oʻrta Osiyoning qolgan hududlarida, Farbiy Sibir janubida, Xitoy, Afgʻoniston, Pokiston, Hindistonda – boshqa kenja turlari mavjud.

Yashash joyi

tahrir

Dengiz sathidan 500–2000 metr balandlikdagi togʻlarning oʻrta va yuqori qismlarida uchraydi. Yil fasllari, kunning vaqti, ob-havo va ozuqa sharoitiga, antropogen ta’sir darajasiga koʻra togʻ yonbagʻirlarining turli balandliklarida uchraydi. Qishlash uchun togʻ etaklari va vodiylarga tushadi.

Umumiy soni 1800–2000 tani tashkil etadi. Asosiy qismi Nurota qoʻriqxonasi hududidagi Nurota tizmasining markaziy qismida boʻlib, soʻnggi 10 yil ichida soni ancha barqarorlashgan (1600 taga yaqin). Nurota tizmasining gʻarbiy qismida – 150 ga yaqin, Nurota va Qoʻytosh tizmasining sharqiy qismida – 100 ta. Oqtogʻda 1960-yillarda 120–150 tasi qayd etilgan, hozirda oʻnlab jufttuyoqlilar saqlanib qolgan. Tomditogʻda oʻtmishda 100–120 ta qayd etilgan. Hozirda 50 tadan oshmaydi. Turkiston tizmasidagi soni esa ma’lum emas.

Hayot tarzi

tahrir

Poda boʻlib yashaydi, mavsumiy koʻchadi. Juftlashish davri – oktabr– noyabr; aprel–may oylarida bolalaydi (1–2); bolalari bir–ikki yoshgacha onasidan ajralmaydi, 2–4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan oʻtsimon oʻsimliklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

tahrir

Yashash joylarining oʻzlashtirilishi, brakonyerlik, arealining uzilganligi.

Koʻpaytirish

tahrir

1991-yildan buyon Nurota qoʻriqxonasining parvarishxonasida koʻpaytirilmoqda[6].

Muhofaza choralari

tahrir

Ovlash taqiqlangan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan. Mavjud yashash joylari muhofazasini tashkil qilish va parvarishxonalarda koʻpaytirish lozim.

Manbalar

tahrir
  1. Красная книга СССР: Редкие и находящиеся под угрозой исчезновения виды животных и растений. Том 1 / Главная ред. коллегия: А. М. Бородин, А. Г. Банников, В. Е. Соколов и др. — 2-е изд. — М.: Лесная промышленность, 1984. — С. 82. — 392 с.
  2. Данилкин А. А. Млекопитающие фауны России и сопредельных территорий. Полорогие (Bovidae). — М.: Товарищество научных изданий КМК, 2005. — С. 331—390. — 550 с. — ISBN 5-87317-231-5
  3. Castello J. R. (2016) Bovids of the World: Antelopes, Gazelles, Cattle, Goats, Sheep, and Relatives Архивная копия от 4 апреля 2017 на Wayback Machine. — Princeton University Press. — Pp. 382—383. — 664 p. — ISBN 978-0-691-16717-6
  4. Groves C., Grubb P. 2011. Ungulate Taxonomy Архивная копия от 10 ноября 2021 на Wayback Machine. — The Johns Hopkins University Press. — Pp. 237. — 310 p. — ISBN 1-4214-0093-6
  5. Северцова — Письма о Ташкенте|nashriyot=mytashkent.uz[sayt ishlamaydi]
  6. ҚИЗИЛҚУМ АРХАРИ (Wayback Machine saytida 2022-08-23 sanasida arxivlangan) Redbook.uz