QizilsuvQirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridagi daryo. Uzunligi 235 km, havzasining maydoni 8380 km². Qirgʻizistonning Orqa Olay tizmasidan boshlanib, Olay vodiysi boʻylab oqadi. Aylama daryosi quyilgungacha Qorasuv deb ataladi. Tojikistonda Muksuv bilan qoʻshilib Vaxsh daryosining oʻng irmogʻi — Surxobni hosil qiladi. Quyilish joyidan 86 km da oʻrtacha suv sarfi 40,6 m³/sek.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Qizilsuv (daryo)" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil