Qodir Tyuryakulovich Tyuryakulov (Toʻraqulov) (qozoqcha: Төреқұлов Қадыр Төреқұлұлы, 1900-yil 1-dekabr — 1960-yil) — sovet davlat arbobi, sanoatchi, iqtisodchi.

Qodir Tyuryakulovich Tyuryakulov
SSSR OʻrtaOsiyopaxta qoʻmitasi raisining oʻrinbosari,
Тojikiston ASSR ASSR qishloq xoʻjaligi xalq kommisari oʻrinbosari va Tojikiston ASSR qishloq xoʻjaligi xalq komissari-
Mansab davri
1933 – 1938-yillarda
Qoʻqon ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Fargʻona viloyat inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi, Andijon viloyat paxta rejasi raisi, birgalikda OʻzPaxtaTrest OʻzSSR boshqaruvchisi va Qoʻqon paxta zavodi direktori-
Mansab davri
1924 – 1933-yillarda
Fargʻona viloyati Konibodom volost militsiyasi boshligʻi, Fargʻona viloyati UgorRevkomi raisi.-
Mansab davri
1921 – 1924-yillarda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1900-yil
Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1-dekabr 1960-yil
Pskent, Тoshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi RKP (b)
Bolalari Qizi: Saida Qodirovna Tyuryakulova
Taʼlim Qoʻqon oliy boshlangʻich maktabi, Stalin nomidagi Butunittifoq sanoat akademiyasi
Dini Islom

Biografiyasi

tahrir

Qodir Tyuryakulovich Tyuryakulovning millati qozoq, u Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida tugʻilgan[1]. Olimning kelib chiqishi qoʻngʻirot elining koʻtenshi urugʻi mangʻitoy turkumiga borib taqaladi[2][3].

Tyuryakulov rus-tuzum maktabida oʻqigan, olti yillik Qoʻqon oliy boshlangʻich maktabini tugatgandan soʻng 1934—1936-yillarda  Stalin nomidagi Moskva sanoat akademiyasining yengil sanoat fakultetida ikki yil tahsil olgan.

Maʼlumoti boʻyicha tugallanmagan oliy iqtisodchi;

1918-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan;

1920-yildan Kommunistik partiya aʼzosi.

1921—1923-yillarda Fargʻona viloyati Konibodam volost militsiyasining boshligʻi.

1923—1924-yillarda Fargʻona viloyati Oʻsh UgorRevkomi raisi.

1924—1925-yillarda Qoʻqon ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

1925—1927-yillarda Fargʻona viloyati Andijon okrplani raisining oʻrinbosari.

1927-yilda Turkiston Avtanom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalq moliya komissari Akbar Islomovning singlisi Komila bilan turmush qurgan. 1928-yilda ularning qizi Saida Tyuryaqulova dunyoga kelgan.

1927—1928-yillarda Qoʻqon okrugi „Oʻzbekbirlashuvi“ning mudiri.

1928—1931-yillarda 1-Qoʻqon paxta zavodi direktori.

1931—1933-yillarda OʻzSSR OʻzPaxtatrest boshligʻining oʻrinbosari.

1933—1934-yillarda SSSR,,OʻrtaOsPaxta" raisining oʻrinbosari;

1934—1936-yillarda Stalin nomidagi Moskva sanoat akademiyasining talabasi.

1936—1938-yillarda Tojikiston ASSR qishloq xoʻjaligi xalq komissarining oʻrinbosari va Tojikiston ASSR qishloq xoʻjaligi xalq komissari;

Uning ukasi Nazir Tyuryaqulov qatl etilgandan soʻng, 1938-yil 12-fevralda Qodir Tyuryaqulov hibsga olinib, qatagʻon qilingan. 1960-yil 31-noyabrda Pskentda vafot etgan va u Qoʻqon shahrida dafn etilgan[1].

Oilasi va avlodlari

tahrir

Fotogalereyasi

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Қодир Тўрақулов“. 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2012-yil.
  2. „Нәзір Төреқұлов — Ұлағат порталы“. ulagat.com. Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  3. „Ташкент: қазақ мәдени орталығының ыдырауы | Qazaq Әdebietі — QazaqAdebieti“ (ru-RU). 21-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  4. „Марина Хегай «Полпред своего времени»“. 15-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2012-yil.
  5. „КОРОЛЬ АРХИВІНДЕГІ БЕС СУРЕТ“. 2011-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2011-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Nazir Tyuryaqulov — SSSRning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi vakolatli vakili (maktublar, kundaliklar, hisobotlar) (1928—1935). Ed. T. A. Mansurova, A. M. Syzdiqova. — M.: Rus Rariteti, 2000, 608 b.
  • Fedor Pavlovich Leksashev — SSSRda xizmat koʻrsatgan neftchi. „Nazir va Qodir Tyuryaqulovlar xotiralari“, Qoʻqon. (1974)
  • OʻzSSR CGA f.r.-17, d40, l, 27.
  • A. I. Zavelev — „Turkistondagi fuqarolar urushi tarixi“ kitobi, Moskva 1959-yil.
  • Mansurov T. A. „Elchi Nazir Tyuryaqulov. Diplomat, siyosatchi, fuqaro“ (2003)). ISBN 5-235-02660-8. Mansurov T. A. Nazir Tyuryaqulov (M.: Yosh gvardiya, 2004, 371 bet, 5000 nusxa.)
  • B. A. Doʻstqoʻraev — Oʻzbekiston Jahon tillari instituti xalqaro jurnalistika kafedrasi dotsenti, „Nazir Toʻraqulov — jurnalist, muharrir“ („Muxbir“ jurnali, 1979-yil 12-son. Toshkent)
  • B. A. Doʻstqoraev, „Istiqlolga tashna oʻtgan publitsist Nazir Toʻraqulov haqida“ („Ilmiy tiklanish“ gazetasi, 1995-yil 21-noyabr. Toshkent)
  • Naim Karimov — Oʻzbekiston „Shahidlar xotirasi“ jamgʻarmasi vitse-prezidenti Nazir Toʻraqulov (b. Birinchilar, „Jannatmakon“ jurnali, 2011-yil 5-son. Toshkent)
  • Fedor Pavlovich Leksashev — SSSRda xizmat koʻrsatgan neftchi. „Nazir va Qodir Tyuryaqulov xotiralari“, Qoʻqon, Oʻzbekiston (1974)
  • Doktor Majid Abdelaziz al Turkiy „SSSR vakolatli vakili“ (2004))
  • Doktor Majid Abdelaziz bin Nosir al Turkiy „Muxtor vakil Nazir Turequlov — Turkiston tarixini yaratuvchisi“ (2011) Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni Qirolligi)
  • Bolsheviklar rahbariyati. 252, 256-betlar; CPSSAC;
  • Mansurov T. Nazir Tyuryaqulov — Sovet Ittifoqining Hijoz, Najd va unga qoʻshilgan viloyatlardagi vakolatli vakili (1932-yildan — Saudiya Arabistoni Qirolligi) // Nazir Tyuryaqulov — SSSRning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi vakolatli vakili: (Xatlar, kundaliklar, xabarlar. 1928-1935). M., 2000. S. 7-35; Krouli, 1970-yil. 158-bet.

Havolalar

tahrir