Qor qoploni yoki ilvirs (Panthera uncia) – mushuksimonlar oilasiga mansub panteralar urugʻiga kiruvchi yirtqich hayvon. Gavdasining uzunligi 103–130 sm, dumi 80–105 sm[2]. Erkaklari tanasining ogʻirligi 44–55 kg, urgʻochilariniki 35–40 kg[3]. Qoplonga oʻxshash, lekin juni kulrang-sargʻish qoramtir xolli boʻlishi bilan undan farq qiladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida 2 000 m balandlikda, doimiy muzliklar chegarasida uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa – ignabargli daraxtzorlar mintaqasiga tushadi. Kun botish bilan, baʼzan kunduzlari faol boʻladi. 1–5 tagacha, odatda, 2–3 ta bola tugʻadi. Togʻ tuyoqli hayvonlari (asosan, togʻ qoʻylari), baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Qor qoploni
Muhofaza maqomi

Zaif holatda (IUCN3.1) [1]
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Urugʻ: Panteralar
Tur: P. uncia
Binar nomi
Panthera uncia

Manbalar

tahrir
  1. McCarthy, T.; Mallon, D.; Jackson, R.; Zahler, P.; McCarthy, K. (2017). "Panthera uncia". IUCN Red List of Threatened Species 2017: e.T22732A50664030. doi:10.2305/IUCN.UK.2017-2.RLTS.T22732A50664030.en. https://www.iucnredlist.org/species/22732/50664030. Qaraldi: 19 November 2021. Qor qoploni]]
  2. Hemmer, H. (1972). "Uncia uncia". Mammalian Species (20): 1–5. doi:10.2307/3503882. ISSN 0076-3519. Archived from the original on 2012-04-01. https://web.archive.org/web/20120401104725/http://www.science.smith.edu/msi/pdf/i0076-3519-020-01-0001.pdf. Qaraldi: 2023-12-06. Qor qoploni]]
  3. ; Jackson, P. „Snow leopard, Uncia uncia“, Wild cats: Status survey and conservation action plan. Gland, Switzerland: International Union for Conservation of Nature and Natural Resources, 1996 — 91–95-bet. ISBN 9782831700458. 

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.