Qora qoshli albatros
Qora qoshli albatros[1] yoki qora qoshli mollymawk[2] (lotincha: Thalassarche melanophris) — albatrossimonlar oilasiga mansub yirik dengiz qushi. Bu oilaning eng keng tarqalgan a'zosi. Oklend orollarida koʻpayadi va ularning soni 170 000 ta juft deb taxmin qilinadi. Albatroslar dengiz boʻyidagi kengligi 100 m boʻlgan 4 km uzunlikdagi qirgʻoqda uya quradi.
Qora qoshli albatros | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Albatrossimonlar |
Urugʻ: | Mollymawk |
Turlari: | Qora qoshli albatros |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Thalassarche melanophris (Temminck, 1828) | |
Sinonimlari | |
Diomedea melanophris Thalassarche melanophrys | |
Albatroslar koʻpayish davrida tepalikli pingvinlar (Eudyptes) bilan birga yashaydilar. Albatroslar bunday hamjihatlikka qarshi emas, bundan tashqari, albatroslar oʻz uyalarini va pingvin tuxumlarini karakara kabi yirtqich qushlardan himoya qiladi. Ozuqa topib kelganidan keyin oʻn minlab qushlar uyalari ichidan oʻzlarining uyasini topish albatroslar uchun qiyin emas. Ular ilgari o‘tlardan foydalanib uya qurgan boʻlsa, hozirda esa loy va tuproqdan foydalanadi.
Uya qurish paytida ota-onalardan biri uyadan chiqib, okeanga oziq-ovqat izlashga boradi. Butun koloniya bir vaqtning oʻzida ming tonnagacha baliq, molyuskalar va qisqichbaqasimonlarni ovlashi mumkin.
Ushbu qush turgan joyida osmonga ucha olmaydi, chunki uning massasi bunga yoʻl qoʻymaydi, shuning uchun ular uchish uchun yaqin atrofdagi "uchish-qoʻnish yoʻlagi" ga boradi. Qush sakrab qanon qoqganida havo oqimi uni koʻtaradi.
Qora qoshli albatrosning umri 70 yilga yetishi mumkin.
Etimologiya
tahrirMelanofris ismining kelib chiqishi ikki yunoncha melas yoki melanos soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, "qora" degan ma'noni anglatadi va "qosh" degan ma'noni bildiruvchi ophris, koʻz atrofidagi qora tuklarni bildiradi[3].
Tavsif
tahrirQora qoshli albatrosning uzunligi 80-95 sm, vazni 3-4 kg, qanotlari 2-2,5 m. Albatrosning tumshugʻi uzun, sariq, ilgakli, uchi pushti rangda, burun teshigi orqali ortiqcha tuz ajratadi. Ikkala jinsning patlari tepasida toʻq jigarrang, birlamchi patlari quyuq, dumi kulrang va qanotning pastki tomoni toʻq rangda, qolgan patlar oq rangda. Voyaga yetgan albatrosda koʻz atrofidagi patlar qora boʻlib, bu tur oʻz nomini oldi. Uyalash davridan tashqarida u yolgʻiz qoladi.
Areal va yashash joyi
tahrirQora qoshli albatros janubiy okeanlarda sirkumpolyar boʻlib, u ushbu diapazondagi 12 ta orolda koʻpayadi. Atlantika okeanida Folklend orollarida, Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollarida, Keyp-Xorn orollarida koʻpayadi[4]. Tinch okeanida Ildefonso orolida, Diego de Almagro orolida, Evangelistas orolida, Kempbell orolida, Antipodes orollarida, Snares orollarida va Makquari orollarida koʻpayadi. Hind okeanida Krozet, Kergelen, Xerd va Makdonald orollarida koʻpayadi[5].
2005-yildagi hisob-kitoblarga koʻra, 600 853 naslchi juftlikdan iborat 1 220 000 ta qush mavjud. Ushbu qushlarning 402 571 tasi Folklend orollarida, 72 102 tasi Janubiy Jorjiya orollarida, 120 171 tasi Chilidagi Ildefonso, Diego de Almagro, Evangelistas va Diego Ramires orollarida ko‘payadi. Xard orolida 600 juft va 5409 juft qolgan orollarda koʻpayadi. Folklend oroli qushlari Patagoniya shelfi yaqinida qishlaydi, Janubiy Jorjiyadan kelgan qushlar esa Benguela oqimidan foydalanib Janubiy Afrika suvlarida, Chili qushlari esa Patagoniya shelfida, Chili shelfidan o‘tib, hattoki Yangi Zelandiyagacha yetib boradi. Bu shimoliy migratsiya tendentsiyasi tufayli Shimoliy Atlantikada eng koʻp topilgan albatros hisoblanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining kontinental qismida ularni 20 marta kuzatishgan[6].
Oziqlanish
tahrirQora qoshli albatros baliq, kalmar, qisqichbaqasimonlar, oʻlaksalar va baliq ovlash chiqindilari bilan oziqlanadi[7][8]. Bu tur qushlarining boshqa turlardan oziq-ovqat oʻgʻirlashi kuzatilgan[9].
Koʻpayish
tahrirAlbatros 4-7 yoshda jinsiy yetuklikka erishadi. Tuxumning inkubatsiya davri taxminan 2 oy davom etadi. Yiliga bir marta tuxum qoʻyadi. Ota-onalar joʻjani 9 oy davomida boqadilar.
Xavfsizlik
tahrirIUCN Qizil roʻyxatidagi bu tur LC toifasiga — eng kam tashvish tugʻdiradiganlar toifasiga kiritilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 15. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ Robertson, C. J. R. (2003)
- ↑ Gotch, A. F. (1995)
- ↑ Gardner, Jacob (2011). "Thalassarche melanophrys black-browed albatros". Animal Diversity Web. Retrieved 15 January 2020.
- ↑ Croxall, J. P. & Gales, R. (1998)
- ↑ Dunn, Jon L. & Alderfer, Jonathan (2006)
- ↑ Xavier, J. C.; et al. (2003)
- ↑ Arata, J.; et al. (2003)
- ↑ Robertson, C. J. R. (2003)