Qora xitoy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Qora xitoy jome masjidi
Qora xitoy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abdusalim domla Xaydaraliyev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Qora xitoy jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Qora xitoy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qora xitoy koʻchasida joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Abdusalim domla Xaydaraliyev boʻlib, masjid katta yoʻl boʻyida joylashganligini sababli, bu joyda yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 1.5 gektar joyda pastki yertoʻla xonasi bilan qoʻshib hisoblanganda 2500 kishidan ziyod boʻlgan xonaqoh, tahoratxona, maʼmuriy xonalar, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi[2].

Tarixi

tahrir

Qora xitoy jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. 2022-yil Ramazon oyining soʻnggi juma kuni – 29-aprel kunida Ohangaron tumanida qarashli „Qora xitoy“ jome masjidi namozxonlarning, moʻmin-musulmonlarning ixtiyoriga topshirildi. Maskur masjidning ochilish marosimida Ohangaron tumani hokimi Abdurasul Abdullayev, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, imomlar, nuroniy insonlar, mahalla faollari, homiylar ishtirok etdi. Mazkur masjid Toshkent–Fargʻona vodiysi yoʻli yoqasida joylashgani sababli mahalliy va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus „Ona va bola“ xonalari barpo etildi[3].

Manbalar

tahrir