Qorabogʻ mojarosi
Qorabogʻ mojarosi — Armaniston bilan Оzarbayjon orasidagi mojaro. Qorabogʻ mojarosining tarixi armanilarning Kavkazga koʻchish davridan boshlanadi.
Tarixi
tahrirHozirgi Ozarbayjon davlatining ildizlari Кavkaz Albaniyasi davlatiga borib taqaladi. Hozir Togʻli Qorabogʻ deya tanilgan hudud oʻz paytida ushbu davlatning bir qismi boʻlgan. Qadimiy manbalarga koʻra Albaniyaning etnik tarkibi yerli Kavkaz va turkiy xalqlarga oid 26 ta qabila birligidan iborat edi. Albaniya boy va noyob madaniyatga ega boʻlib, uning 52 harfdan iborat oʻz alifbosi mavjud edi. Milodiy 313 yilda nasroniylik Albaniyada davlat dini deb eʼlon qilindi va mustaqil alban cherkovi faoliyat yurita boshladi. Keskin va murakkab sharoit Albaniya mustaqilligining uzoq davom etishiga imkon bermadi. Milodiy 705 yilda Albaniya davlati Arab Xalifaligi tarkibiga oʻtdi. Shundan soʻng armanilar bilan Vizantiyaga qarshi ittifoq tuzgan Xalifalik Albaniya bilan Vizantiya oʻrtasida mavjud boʻlgan mustahkam aloqalarni buzish maqsadida alban cherkovini armani grigoryan cherkoviga tobe vaziyatga solib qoʻydi.
Oʻrta asrlarda Qorabog’ Ozarbayjonning hozirgi hududida oʻsha paytda mavjud boʻlgan turk-musulmon sulolalari tomonidan idora etilgan davlatning bir qismi boʻlib, bu yearda turkiy tilli xalqlar maskan tutgan edi.
18-asr turk (Ozarbayjon) sulolasidan boʻlgan Javonshirlarning boshchilik qilishi Qorabog’ xonligining vujudga kelishi bilan aloqadordir. Bu Ozarbayjon zodagonlarining irsiy sulola anʼanasi hukm surgan Ozarbayjon Xonligi boʻlib, bu yerda oʻrnashgan etnik sulolalar orasida ozarbayjonliklar koʻpchilikni tashkil etardi.
Qorabogʻ xonligi bilan Rossiya Imperiyasi oʻrtasida imzolangan Кurakchoy bitimidan (1805) soʻng ushbu Xonlik Rossiya Imperiyasi hukumronligi ostiga oʻtishga majbur boʻldi. Butun Kavkaz oʻlkasini ishgʻol etgan Rossiya Imperiyasi ushbu hududda oʻz nazoratini oʻrnatish va uni mustahkamlash maqsadida turli-tuman vositalar bilan „parchalab tashla va hukumronlik qil“ siyosatini amalga oshira boshladi. Eron va Usmonli imperiyasidan armanilarning Qoraboqqa koʻchirilishi va shu bilan mazkur hududda demografik vaziyatning sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirilishi bu sohada amalga oshirilgan keng miqiyosli tadbirlarning bir hissasi edi. Rossiya — Eron (1806-1813, 1826-1828) va Rossiya — Usmonli (1828-1829) urushlaridan soʻng ushbu hududning etnik tarkibi butunlay oʻzgartirildi. Faqat 1828-1830-yillarning oʻzida Erondan 40.000dan ortiq, Usmonli Imperiyasidan esa 84.600 armani Ozarbayjonga koʻchirib keltirib joylashtirildi.
Qorabogʻ xonligi bilan Rossiya Imperiyasi oʻrtasida imzolangan Kurakchoy bitimidan (1805) soʻng ushbu Xonlik Rossiya Imperiyasi hukumronligi ostiga oʻtishga majbur boʻldi. Butun Kavkaz oʻlkasini ishgʻol etgan Rossiya Imperiyasi ushbu hududda oʻz nazoratini oʻrnatish va uni mustahkamlash maqsadida turli-tuman vositalar bilan „parchalab tashla va hukumronlik qil“ siyosatini amalga oshira boshladi. Eron va Usmonli imperiyasidan armanilarning Qoraboqqa koʻchirilishi va shu bilan mazkur hududda demografik vaziyatning sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirilishi bu sohada amalga oshirilgan keng miqiyosli tadbirlarning bir hissasi edi. Rossiya — Eron (1806-1813, 1826-1828) va Rossiya — Usmonli (1828-1829) urushlaridan soʻng ushbu hududning etnik tarkibi butunlay oʻzgartirildi. Faqat 1828-1830-yillarning oʻzida Erondan 40.000dan ortiq, Usmonli Imperiyasidan esa 84.600 armani Ozarbayjonga koʻchirib keltirib joylashtirildi.
1828-yilda Rossiya shohining amri bilan ishgʻol etilgan Ozarbayjon xonliklari (Iravon xonligi va Nахchivon xonligi) hududida armani viloyati barpo etildi. Bundan Usmonli Imperiyasining orqa darvozasida, nizoda boʻlgan ikkala tomon orasida alohida davlat yaratish va turkiy tilli xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash maqsadi koʻzda tutilgan edi. 1836-yilda Rossiya shohi tomonidan alban cherkovining tugatilishi alban aholisining butunlay Grigorianlashuvi (armanilashuvi) bilan yakun topdi.[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12]
Iravon shahrining armanilarga berib yuborilishi
tahrir29 may — Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining hukumati mustaqillik eʼlon etgan, lekin siyosiy markazi boʻlmagan Armaniston Respublikasi hukumatiga Iravon shahrini (hozirgi Erevan, aholisining 30 foizi armanilar va boshqa etnik guruhlardan, 70 foizi ozarbayjonliklardan iborat edi) berib yubordi. [Manbani koʻrsating] Bundan maqsad Naxchivonda, Qorabogʻda, Zangazurda boshlanib ketgan armanilar ishgʻolining oldini olsih edi.
Armaniston tomonidan dashnoq hukumatining bosh vaziri imzolagan bitimga asosan Armaniston chegaralari belgilandi va natija eʼtiboriga koʻra bu davlatning 400.000 nafar aholisi boʻlgan Iravon va Echmiadzin rayonlari ham kiritilgan holda 10.000 kv. km dan iborat umumiy maydoni aniqlab beradi. Qorabogʻ Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining tarkibiy qismi boʻlganicha qoldi.[13][14][15]
Mojaro natijalari
tahrir1918-yilning iyun-iyul oylarida Sulh va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga doir kelishuvga teskari oʻlaroq, Armaniston Respublikasi Ozarbayjonga qarshi keng miqiyosli tajovuz boshladi. Naxchivon shahrining ishgʻol etilishi, Ozarbayjonning Zangazur va Qorabogʻ viloyatlariga ommaviy hujumlar 115 kentning vayron etilishi va 7729 Ozarbayjon fuqarosining qatl etilishi bilan yakun topdi. Taxminan 50.000 kishi el-yurtidan judo boʻldi.
1921-yil 5 iyulda Rossiya Kommunistik (bolshevik) Partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosi shunday qaror qabul qildi: „Musulmonlar va armanilar oʻrtasida tinchlikning, quyi va yuqori Qorabogʻ orasida iqtisodiy aloqalarning, Ozarbayjon bilan davomli munosabatlarning koʻrinib saqlanish zarurati asos qilib olingan holda, Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon SSR tarkibida qoldirilsin va unga keng hududiy muxtoriyat berilsin“.
Togʻli Qorabogʻ armanilariga oʻz-oʻzini boshqarish huquqining berilishi bilan bir qatorda aholisining aksariyati ojarbayjonliklardan iborat boʻlgan Zangazur va Qozox rayonining bir qismi (9.000 kv.km.) Armanistonga berib yuborildi. Sovet hokimiyati davrida Ozarbayjonning umuman olganda 20.000 kv.km. hududi Armanistonga berildi.
1923-yil 7 iyunda Ozarbayjon SSR Markaziy Ijroiya Komitetining „Maʼmuriy markazi Xonkandi (1923-yilning sentabrida shahar nomi oʻzgartirildi va bolsheviklar lideri Stepan Shaumyan sharafiga Stepanakert deb atala boshladi) boʻlgan Togʻli Qorabogʻda muxtor viloyatning tashkil etilishi“ haqidagi farmoni qabul qilindi; ayni paytda Armanistonda jips holda yashab kelgan uch yuz ming ozarbayjonlikka Sovet hukumati va Armaniston SSR tomonidan hatto madaniy muxtoriyat ham berilmadi.
1948-1953-yillarda Armanistonning ozarbayjonli aholisi doimo tazyiq ostida yashadi va bu ham ozarbayjonliklarning Armanistondan ommaviy deportasiya qilinishi bilan yakunlandi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra 1948-1953-yillarda 250 mingdan ortiq ozarbayjonlik Armanistondan Ozarbayjonning Kur-Oraz pasttekisligidagi rayonlarga koʻchirildi.
1987-yil 18 noyabrda Kreml maslahatchisi A.Aganbekyanning Togʻli Qorabogʻning Armaniston SSRga birlashtirilishi haqidagi bayonoti. Bu bayonot milliy adovat tuygʻularining yanada alangalanishi va mojaroning keskinlashuvida hal etuvchi rol oʻynadi.
Noyabr — dekabr oylarida Erevanda Ozarbayjon SSR Togʻli Qorabogʻ viloyatini Armaniston SSRga birlashtirish shiorlari ostida namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1988-yilning boshlaridanoq Armaniston SSRda yashaydigan ozarbayjonliklarni ommaviy suratda haydab chiqarish boshlandi. Ozarbayjon hokimiyat organlarining qarori bilan qochqinlar Boku va Sumgayitga joylashtirildi. Fevral oyida mojaroning dastlabki qurbonlari: ikki Ozarbayjon fuqarosi Askaronda (Togʻli Qorabogʻ) oʻldirildi.
1988-yilning 27-29 noyabrida Armaniston SSRning Gukark, Spitak va Stepanavan shaharlarida ozarbayjonliklarga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlar natijasida 33 kishi oʻldirildi. Dekabr oyida Armaniston SSRda 220.000dan ortiq ozarbayjonlik oʻz uylaridan zoʻrlab chiqarildi.
1989-yilning 29 iyulida Ozarbayjondan Armanistonga oʻtadigan temir yoʻl chizigʻi Armaniston hududida poezdlarga qilingan hujumlar natijasida toʻxtatib qoʻyildi. Ozarbayjon Naxchivon Muxtor Respublikasining Armaniston tomonidan qamali boshlandi.
1 dekabrda esa Armaniston SSR Oliy Soveti Togʻli Qorabogʻning Armaniston SSRga birlashtirilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu bilan, xalqaro huquqning asosiy meʼyor va tamoyillarini buzgan holda, Armaniston qoʻshni davlatning hududiy yaxlitligiga qarshi iddaolarini rasman eʼlon etdi va Qorabogʻ urushi boshlanib ketdi.[13][14][15][16]
Manbalar
tahrir- ↑ GARABAGH—real history, facts, documents
- ↑ Mekhtiev Ramiz—"Nagorno Karabakh: la vera storia" (Italy—Eurasian Books 2016)
- ↑ Salamov Shukhrat Nasyrovich—"Turkestan i Yuzhnyy Kavkaz XIX-XX v.v.: dashnaki ot Fergany do Karabakha" (Tashkent—Yangi asr avlodi 2015)
- ↑ „O.YU.Kuznetsov—Aysory v istorii rossiyskikh vladeniy na Yuzhnom Kavkaze: soderzhaniye i posledstviye konkurentsii khristianskikh milletov isdamskoy oykumeny za pravo pereseleniya v rossiyskoye Zakavkaz’ye v XIX stoletii“. 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
- ↑ „Istoriya transnatsional’nogo armyanskogo terrorizma v KHKH stoletii: istoriko-kriminologicheskoye issledovaniye“. 2017-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
- ↑ http://www.meclis.gov.az/?/az/qarabakh_content/2
- ↑ Erivanskoe xanstvo
- ↑ Irevanskiy region v istorii azerbaydzhanskoy Gosudarstvennosti. Irevanskoye khanstvo
- ↑ Irevan — iskonnaya Azerbaydzhanskaya zemlya, 2017-02-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-23
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 7 (yordam) - ↑ Istoriya Irevana, 2017-02-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-23
- ↑ Istoriya goroda
- ↑ arxiv nusxasi (PDF), 2016-12-25da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-02-23
- ↑ 13,0 13,1 Karabakh in Soviet period (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan)[sayt ishlamaydi]
- ↑ 14,0 14,1 The Nagorno-Karabakh Autonomous Oblast of the Azerbaijan SSR, 2017-02-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-23
- ↑ 15,0 15,1 Razdel territorii Karabakha Sovetskim pravitel’stvom[sayt ishlamaydi]
- ↑ Salamov Shukhrat Nasyrovich—"Karabakh voyna idey: natsionalizm-terrorizm-genotsid" (Tbilisi—Universal 2016)
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirAdabiyot
tahrir- „Tema Azerbaydjana v sredstvax massovoy informatsii Uzbekistana“ Oʻzbek va rus tillarida.
- Oleg Kuznesov. Qorabogʻ konflikti: „afsonalari“ toʻgʻrisida haqiqat. 2015. Oʻzbek tilida.
- Sh.Salamov „Turkestan i Yujniy Kavkaz XIX — XX vv. Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2015), Rus tilida.
- „Ozarbayjoning madaniy merosi: Kulturnoe nasledie Azerbaydjana“ (2016), Oʻzbek va rus tillarida.
- Tarix fanlari doktori, professor Ali Hasanovning „Geosiyosat“ kitobi (2016) — tarjimon Babaxan Sharifov. Oʻzbek tilida.
- Sh.Salamov „Karabax — voyna idey“ (2016), Rus tilida.
- Shuxrat Salamov. „Gʻoyalar jangi“. XIX-XX a.. Turkiston va Janubiy Kavkaz. T., — 2017. Oʻzbek tilida.
- Abduvali Saybnazarov. Chelovechnost, unichtojennaya v Xodjalinskom genotside. -T., 2017. Oʻzbek va rus tillarida.
- Ali Hasanov, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash va milliy qirgʻin siyosati. Xoʻjayli milliy qirgʻini / — Toshkent: „Istiqlol nuri“, 2017. Oʻzbek tilida.
- Dokumentalniy film. „Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2016)
- Əhmədbəy, Cavanşir. Qarabağ xanlığının siyasi vəziyyətinə dair: 1747-ci ildən 1805-ci ilə qədər (azerbaijani). Baku: Azərbaycan SSR EA, 1961.
- Abbasov, Samir. Razgrablennyye kul'turnyye dostoyaniya, unichtozhennyye biblioteki - zhertvy armyanskoy agressii (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2012.
- Sovetskiy Nagornyy Karabakh (azerbaijani). Baku: Azerneshr, 1983.
- layihə rəhbəri. D. Musayev; red. hey. N. Abdullayev və b.. Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (Шуша - древний край Азербайджана) (azerbaijani), Baku, 2009.
- Nazim Məmmədov. Azərbaycan SSR Dağlıq Qarabağ bölgəsinin şəhər və rayonlarının tarixi: XX əsrin 20-90-cı illəri (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2010.
- Qarabağ həqiqətləri (azerbaijani), Baku, 2011.
- Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (azerbaijani), Baku, 2009.
- Vəlizadə Rövşən Novruz oğlu. Genosid... Ecocid: I kitab (azerbaijani). Baku: Adiloğlu, 2006.
- B.Eyvazov; A.Balayev; Predisoviye.A.Eyvazov. Eyvazov; Bakhadur Asker oglu. prof.. Kurort Shusha 1907-1987 (russian). Baku: Nurlan, 2008.
- G.Imanova; Predisloviye.M. Teymur. Moya Shusha: Patrioticheskiye stikhi (russian). Baku: Adil'oglu, 2007.
- Gasanova Aybeniz Ashraf kyzy. Sady i parki Azerbaydzhana: istoriya razvitiya landshaftnoy arkhitektury (russian). Baku: Ishyg, 1996.
- Gasym Gadzhiyev. Irevanskiy "akademicheskiy" etap sezona Gorisskogo teatra absurda S. Sarkisyana (russian). Baku: Teknur, 2013.
- Guliyev Gasan Mamedaga ogly. Smert' diplomata ili k istokam konflikta v Karabakhe (russian). Baku: Ergyun, 1995.
- Zemfira Gadzhiyeva. Garabagskoye khanstvo: sotsial'no-ekonomicheskiye otnosheniya i gosudarstvennoye ustroystvo (russian). Baku: Takhsil, 2008.
- Istoriya Azerbaydzhana po dokumentam i publikatsiyam. Elm (russian), Baku, 1990.
- Karabag-name. AN Azerbaydzhanskoy SSR (russian), Baku, 1950.
- Mustafa-zade Rakhman. Dve Respubliki: azerbaydzhano-rossiyskiye otnosheniya v 1918-1922 gg (russian). Baku: MIK, 2006.
- Turan Akhundova. Nemtsy-kolonisty Azerbaydzhana: XIX-nach. XX v. Shusha (russian), Baku, 1999.
- Khronika NKAO: fevral' 1988 - fevral' 1990. Kommunist (russian), Baku, 1990.
- Chingiz Kadzhar. Staraya Shusha (russian). Baku: Şərq-Qərb, 2007.
- E. Avalov; Fond Geydara Aliyeva; [sost. Obshchestvennaya Organizatsiya Razvitiya regionov] Avalov; El'turan. Shusha: grafika (russian). Baku: Chashyoglu, 2008.
- K. M. Məmmədzadə; N. A. Sərkisov; red. C. Quliyev; foto. Q. M. Hüseynzadə. Şuşa-Vaqifin türbəsi; AzSSR EA Tarix İn-tu Arxeologiya və Etnoqrafiya Sektoru (azerbaijani). Bakı: Elm, 1986.
- M. M. Ağamirov ; elmi red. O. Abasquliyev ; red. və ön söz müəl. S. Əliyev. Nəğmə dolu Şuşam mənim!(Песенный город Шуша/ Shusha - city of songs). Şuşa incəsənət məktəbi (azerbaijani). Bakı: Nurlar, 2013.
- pod red. I. P. Babenko. Pamyatnaya kniga Yelisavetpol'skoy guberniy na 1914 god: sprilozheniye tablitsy ob ekonomicheskom polozhenii nasedeniya gubernii (russian), Tiflis, 1914.
- Sadykhova Gyul'dzhamal Nariman kyzy. ; nauch. red. M. A. Ismailov ; NANA In-t Istorii im. A. Bakykhanova. Istoriya goroda Shushi (XIX-nachalo KHKH vv.): [monografiya] (russian). Baku: Nurlan, 2004.
- Dzh. Aleksandrovich; I. Azimbekov; V. M. Sysoyev; S.Aleksandrovich. Yevlakh-Shusha: arkheologicheskiy ocherk : otdel'nyy ottisk iz 3-go vypuska "Izvestiy Azkomstarisa" (russian), Baku, 1928.