Qoraqum eshon madrasasi
Qoraqum eshon madrasasi (qoraqalpoqcha: Qaraqum iyshan medresesi) — Qoraqalpogʻistonda saqlanib qolmagan madrasa. XIX-asr oxiri - XX asr boshlaridagi qoraqalpoqlarning eng katta madrasalaridan biri. [1]Muhammad Aminxon davrida (1845—1855) Xiva xonligining choʻl hududida (hozirda Boʻzatov tumanida) Qutli xojaning mablagʻlari evaziga 1854-yilda bunyod etilgan[2]. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Madrasada ta'lim ikki bosqichli boʻlib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi oʻrgatilgan boʻlsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar oʻqitilgan. Bu yerda Qoraqalpoqlarning buyuk shoiri Berdaq ham tahsil oladi.
Madrasa | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qoraqalpogʻiston |
Maktab yoʻnalishi | Sunniy |
Binokorlik tashabbuschisi | Qutli xoja |
Homiylar | Qutli xoja |
Asosiy sana: 1854-yil
| |
Maqomi | Saqlanib qolmagan |
Madrasa 30 ta hujra, kutubxona, darsxona va boshqa xonalarni oʻz ichiga olgan. Unda Qoraqalpoq ovullaridan tashqari hozirgi Turkmaniston va Qozogʻiston hududlaridan kelgan talabalar tahsil olishgan. Madrasa juda boy kutubxonaga ega boʻlib, oʻz davrida undagi kitoblarni saqlab qolish uchun N. A. Baskakov, P. P. Ivanov va boshqa taniqli ilm ahli bong urishgan. Lekin, ularni saqlab qolishning iloji boʻlmagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Manba: Maktab darsligidan olindi.
- ↑ 2,0 2,1 Карлыбаев 2002, s. 37—41.
Adabiyotlar
tahrir- Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |