Alinazar qori, Qori naqqosh (1881 — Qoʻqon — 1931) — miskarnaqqosh. Qoʻqonlik Hoji Fozil Otaulla oʻgʻlidan hunar oʻrgangan. Alinazar qori mis idishlarni qoʻqon uslubida milliy mumtoz naqshlar bilan bezagan, naqshlar orasiga lirik baytlarni mohirona zarb qilgan. U naqsh bergan ajoyib idishlar Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil