Qorib ibn Abdulloh
Qorib ibn Abdulloh (arabcha: قارب بن عبدالله) – Qorib Mavla al-Husayn nomi bilan ham tanilgan, Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Nasabi
tahrirQoribning onasi Fakiha Husayn ibn Alining xizmatkori boʻlib, uning xotini Rabobning uyida ishlagan[1]. Husayn ibn Ali undan Abdulloh Urayqitga turmushga chiqishni soʻragan. Ulardan Qorib ismli farzand dunyoga kelgan. Qorib Husayn ibn Alining xizmatkori boʻlib ishlagan[2]. Uning otasi Abdulloh ibn Urayqit Madinaga hijrat qilishda paygʻambar Muhammadning yoʻlboshchisi boʻlgan[3].
Qorib ibn Abdullohning onasi Fakiha ham Karbalo jangida qatnashgan va asirlar orasida boʻlgan[4].
Karbalo jangi
tahrirHusayn ibn Ali Yazid I ga bay’at qilishdan bosh tortgach, Madinani tark etishga qaror qilgan. Imom Madinadan Makkaga va u yerdan Karbaloga qilgan safarida Qorib unga hamrohlik qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Qorib Ashuro kuni peshindan oldin dushmanning ularga qilgan birinchi hujumida shahid boʻlgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Muhaddithī, Muhammad Javad. Farhang-i Āshūrā, فرهنگ عاشورا. نشر معروف, 1376 — 377-bet.
- ↑ Samāwī, Muḥammad ibn Ṭāhir. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Karbala.: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 96-bet.
- ↑ Aḥmad ibn ʻAlī Ibn Ḥajar al-ʻAsqalānī. al-Iṣāba fī tamyīz al-saḥāba, 1970 — 5, 24-bet.
- ↑ Ḥāʾirī Shīrāzī. Dhakhīrat al-dārayn — 327-bet.
- ↑ Samāwī, Muḥammad ibn Ṭāhir. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Karbala.: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 96-bet.