Qosh bol, Gulsari!

A.Amirqulov filmi

Qosh bol, Gulsari! (qozoqcha: Қош бол, Гүлсары!, ruscha: Прощай, Гульсары!) — Chingiz Aytmatovning „Alvido, ey Gulsari!“ yoki „Alvido, Gulsari!“ qissasi asosida qozoq kinorejissyori Ardak Amirqulov tomonidan olingan dramatik film.

Qosh bol, Gulsari!
Rejissyor(lar) Ardaq Amirqulov
Ssenariynavis(lar) Erjan Rustembekov
Rollarda Dogʻdirbek Qidiraliev
Nurlan Sanjar
Rayhan Aytqojonova
Janel Makajanova
Studiya(lar) Ardfilm
Qozoqfilm
Chiqarilgan sanasi 2008
Davomiyligi 102 daqiqa
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Tillar ruscha
qozoqcha
Byudjeti 1 mln AQSh dollari

Mazmuni tahrir

Filmdagi voqealar 1950-yillardagi Sovet Qozogʻistonida boʻlib oʻtadi. Filmda kommunistik kolxozchi Tanabay bilan birga umr boʻyi sayohat qilgan aygʻiri Gulsari bilan munosabatlari koʻrsatilgan.

Rollarda tahrir

Aktyor Rol
Dogʻdirbek Qidiraliyev Tanabay
Nurlan Sanjar Shori, Tanabayning do'sti
Rayhan Aytqojonova Jaydar, Tanabayning rafiqasi
Janel Maqajanova Bubijan, Tanabayning qiz doʻsti

Filmni suratga olish jarayoni tahrir

102 daqiqalik filmni suratga olish ishlari bir yildan ortiq davom etgan, suratga olish ishlari Almati viloyatining togʻli hududidagi Uzunagʻash qishlogʻi yaqinida boʻlib oʻtadi[1]. Filmni suratga olish ishlari 2006-yilning fevralida boshlangan va uch yarim oy davom etgan, biroq filmni moliyalashtirish sekinligi tufayli film 2008-yilning 7—13-sentabr kunlari Ostona shahrida boʻlib oʻtgan V Yevroosiyo kinofestivali boshlanishidan oldin yakunlanadi[2].

Bosh qahramon Tanabay rolini ijro etgan qirgʻizistonlik aktyor Dogʻdirbek Qidiraliyev bu rolga uch yil tayyorgarlik koʻrgan va buning uchun 13 kilogramm vazn yoʻqotgan[3]. Aygʻir Gulsari rolini Qozogʻistonning Taraz shahridagi ot fermasidan birida topilgan Garpun laqabli ot oʻynagan[2].

Mukofotlari tahrir

  • V „Yevrosiyo“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofoti (2008).
  • II Issiqkoʻl kinofestivali „Eng yaxshi rejissyor“ (Ardaq Amirqulov) va „Eng yaxshi erkak roli“ (Dogʻdirbek Qidiraliyev) mukofoti (2008)[4].
  • 2011-yil aprel oyida Kish kurort orolida boʻlib oʻtgan I Xalqaro Eron kinofestivalining maxsus mukofoti[5].

Manbalar tahrir

  1. Natalya Filonova. „„Proshay, Gulsari!“ v prokate“ (rus tilida) (2008-yil 6-noyabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „„Proshay, Gulsari!“ po-kazaxski“. 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2008-yil.
  3. „V Kazaxstane proshla gromkaya premyera filma „Proshay, Gulsari!““. Qaraldi: 3-dekabr 2008-yil. [sayt ishlamaydi]
  4. „Ardak Amirkulov: „Proshay, Gulsari!“ Chingiza Aytmatova - saga o poslednem kochevnike“ (rus tilida) (2008-yil 30-oktyabr). 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  5. Aldiyar Kosenov. „„Proshay, Gulsari!“ nagrajden spesialnim prizom jyuri iranskogo kinofestivalya“ (rus tilida) (2011-yil 29-aprel). 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.