Qosimbek Qavchin — temuriy Umarshayx Mirzoga, oʻlimidan soʻngra oʻgʻli Boburga xizmat qilgan amaldor beklardan biri. Boburnoma asarida uning ismi koʻp satrlarda hurmat bilan tilga olingan. Xususan:

Qosimbek Qavchin
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 1522
Dini Islom
Unvoni Bek atka

Yana biri Qosimbek qavchin edi. Qadimiy Andijon qoʻshun beklaridin edi. Hasan Yaʼqubbekdin soʻng mening eshikimda sohibixtiyor ul edi. Oxir umrigʻacha ixtiyor va eʼtibori ortti, oʻksumadi. Mardona kishi edi[1].

Shayboniyxon qoʻl ostiga boʻlgan Kosonsoyni Qosimbek Qavchin ozod etgan. Bobur Mirzoning eng sodiq beklaridan biriga aylangan bu shaxsga keyinchalik valiahd shahzoda Humoyunni tarbiyasi topshiriladi. Bunday shaxslarga „Bek atka“ degan nom berilgan[2].

Qosimbek Qavchin shaxsi, shuningdek, mashhur Yulduzli tunlar asarida ham tarixiy qahramon sifatida eslab oʻtiladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Zahriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent: Yulduzcha, 1989 — 191-192-bet. 
  2. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 94-bet. 
  3. „Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman)“. forum.ziyouz.com. 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.