Odam oʻldirish

Qotillik
(Qotillikdan yoʻnaltirildi)

Odam oʻldirish — qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogʻir jinoyatlardan biri boʻlib, fuqarolar xayoti xavfsizligini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz hisoblanadi.

OʻzbekistondaTahrirlash

Odam oʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Odam oʻldirish moddiy tarkibli jinoyatlar sirasiga kiradi. Odam oʻldirgan aybdorning harakati yoki harakatsizligi tufayli odam oʻlgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan Odam oʻldirish turlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

  • qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz Odam oʻldirish (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi);
  • aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (ikki yoki undan ortiq shaxsni; xomiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni; xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning qarindoshini; boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish va boshqa — 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi);
  • aybni yengillashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida Odam oʻldirish — 5 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan Odam oʻldirish — 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish — 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi)

ManbalarTahrirlash