Qovurilgan pitsa — tayyorlanishi bilan farq qiluvchi pitssa turlaridan biri. Odatdagidek pishirish oʻrniga, qovuriladi. Bu turdagi pitssa Italiya va Shotlandiyada juda mashhur, ammo ular ham qovurish usuliga koʻra farqlanadi.

Italiya

tahrir

Italiyada bu pitssa Neapoldan kelib chiqqan. U xamirdan tayyorlanib, pishloq, goʻsht va ayrim hollarda taʼbga koʻra koʻkatlar bilan toʻldirilagan taomni qovurish yoʻli orqali tayyorlanadi. Pitsani qovurish uni duxovkada pishirish imkonini beradi. Bunday amaliyot koʻcha doʻkonlarida qoʻllanadi. Ularda texnik jihatdan pechkalarni oʻrnatish mumkin emas.

 
Qovurilgan pitstsa

Shotlandiya

tahrir

Ushbu pitssa mamlakatning koʻplab doʻkonlarida sotiladi. U muzlatilgan yarim tayyor mahsulot yoki allaqachon pishirilgan holda sotiladi. Unga masalliq qoʻshiladi. Mahsulotning asosi qirsillagan holga kelguncha qovurilib soʻngra muzlatilgan nondir. Ushbu taomga qovurilgan yoki kartoshka pyuresi, tuz, sirka yoki jigarrang sous qoʻshilishi ham mumkin[1][2].

Taom „qarsildoq“ boʻlishi uchun yaxshilab va uzoq qovuriladi. Biroq, xamirning ayrim turlari unchalik yaxshi qovurilmaydi. Shotlandiyada pitssa asosan kartoshka fri bilan birga tortiladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Owen, James. „Deep-Fried Candy Bars: Scotland's Worst Food?“ (28-dekabr 2004-yil). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
  2. Alvarez, Lizette. „Ah, Scotland! The Moors, the Braes, the Fried Pizza“. New York Times (7-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 19-iyun 2016-yil.
  3. Rimmer, Simon „Sunday Brunch: Pizza Crunch Recipe“. Channel 4. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-avgust.